Get Mystery Box with random crypto!

Jalolova's blog🪐

Telegram kanalining logotibi jalolovasblog — Jalolova's blog🪐 J
Telegram kanalining logotibi jalolovasblog — Jalolova's blog🪐
Kanal manzili: @jalolovasblog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 38

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-05-23 18:50:21 Odamning saviya darajasini javobidan emas, bergan savolidan bilib olinadi.

Albert Eynshteyn

Okaymi?
57 viewsMɪѕѕ_Bᴏɴᴜѕʜ , 15:50
Ochish/sharhlash
2022-05-23 18:19:56 -Senga kitobni chang bosib turishi uchun olib berganmidim?

-Xo'p,hozir artib qo'yaman...



49 viewsMɪѕѕ_Bᴏɴᴜѕʜ , 15:19
Ochish/sharhlash
2022-05-22 17:22:21 Umuman olganda odam qanchalik aqilli bo'lsa kam gapirishni ham o'rganadi
47 viewsMɪѕѕ_Bᴏɴᴜѕʜ , 14:22
Ochish/sharhlash
2022-05-20 10:44:54 #_rashk



Shamni oʻchiring, zero Fotima(r.a) ning soyasini birov koʻrmasin)

Ali roziyallohu anhu))

@Jalolovasblog |
62 viewsMɪѕѕ_Bᴏɴᴜѕʜ , 07:44
Ochish/sharhlash
2022-05-20 06:06:55 Diqqat yoshlarga
#Sevishib_yurganlarga_taaluqli (Mahram sifatida nikohlilar bundan mustasno)
Alloh uchun bir birini sevganlar va ularning shirin so’zlari

Sen bilan birga Sirot’dan qo’llaringdan tutgan xolda o’tishni istayman.

Sen bilan birga tahorat uchun xammomni talashishni istayman.

Soqolingdan oqayotgan tahorat suvini, ro’molim bilan artishni istayman.

Sen bilan birga Jannat eshiklaridan kirishni istayman.

Qachonki sajda qilsang menga habar ber, yerni o’pay. Chunki xozir peshonangdan o’pishning yagona yo’li shu.

Bilasizmi, ular xattoki bir birlarini bomdod Namoziga uyg’ontiradilar. Qiz yigitga qo’ng’iroq qiladi va uyg’oning, Jannatga bir o’zim kirishni istamayman deydi.

Yigit qizning Hijobga kirishini, Namoz o’qishini istaydi. Begona erkaklardan uzoq bo’lishini aytib, rashk qiladi. Internetdagi sahifalarni o’chirishini istasa, qiz darhol o’chiradi. Qiz bir nima yegisi kelsa, yigit darhol olib keladi. Qisqa qilib aytganda er-xotinchilik o’ynaydilar.

Qimmat baho sovg’alar qizning qalbidan o’zgacha bir joy egallaydi. Bu shunday davom etadi.
Qiz yigitga va yigit qizga minglab hadislar va oyatlar o’qib beradi. Romantik islomchilar!

Lekin... Bir kun kelib yigit

Men senga loyiq emasman. Sen mendan xam yaxshirog’iga loyiqsan... deydi-yu tark etadi uni. So’ng bechora qiz, yaralangan qalbidan tomchi-tomchi to’kilayotgan so’zlarni yigit uchun atab yoza boshlaydi;

Biz bilan qolganlar omon bo’lsinlar, shukur deymiz borligingizga. Bizni tark etganlar unut bo’lsinlar, biz ko’nikdik yo’qligingizga.


Mana shularni siz sevgi deb o’ylaysizmi? Sevgi agar bunday bo’lsa xaromdir. Bir birini bomdodga uyg’ontirish ikki inson orasida nikoh paydo qilib qo’ymaydi. Bunday orzular qurish, xaromni xalollashtirib olishdir. Yigitning, o’ziga mahram bo’lmagan qizni rashk qilib, Hijobga kir va Namoz o’qi deyishiga nima deysiz? Birovning mahramiga xo’jayin go’yoki ERKAK. Tag’in, qo’llaridan ushlab Sirotdan o’tarmush. Sirotning daxshatini ko’rgach, na qo’l esga keladi, na qo’lni egasi.

Sevish gunoh emas. Lekin, Allah chizgan chiziqdan tashqariga chiqish gunoh. Mana shunday bo’mag’ur orzular qurish xarom. Peshonasi tekgan yerni o’pish, bu nima degani?
Qaysi payg’ambar va qaysi sahoba bu ahmoqona ishni qilgan? Birini sevgach, sabr bilan toki haloli bo’lguncha kutish, qalb egasiga xech qanday zarar bermaydi. Chunki o’sha qalbning egasi, halol doiradan chiqmay, Alloh uchun sevganini o’sha xalol doirada kutadi. Nasibi bo’lsa, albat bir kun kelishini bilgani uchun. Hattoki sevganining ovozini eshitishdan xayo qiladi.

Xaromni xalollashtirib olmang. Ko’zingizni oching. Shaytonning xiylalariga qul bo’layotganingizni ko’ring. Xalol yo’l bilan boshlangan sevgi, xalol yo’lda davom etsagina Allah’ning rizosiga va Jannatga yetib bora oladi.


Va, yana yoshlarga va tengdoshlarimga aytamanki:

Hozirda qanday yuribsiz..?
Taqvo bilanmi?
Ibodatlaringiz joyidami?
Yoki aksimi?

Bo‘lajak ayolingiz (turmush o‘rtog‘ingiz) ham shunday yuribdi..!
Maylimi!?
Rozimisiz?

Rozi bo‘lmasangiz o‘zingizni isloh qiling, Allohga taqvo qiling...

(Nur surasi 26-oyatni eslang!)

Kimlargadur tegip ketsa xursand bo‘lamiz...
(Shoyadki bu yoʻldan qaytsangiz)

Kaktus qalb
50 viewsMɪѕѕ_Bᴏɴᴜѕʜ , 03:06
Ochish/sharhlash
2022-05-18 17:06:09 CHIN INSON...

Dunyoda shunday insonlar borki, siz ularni shunchaki yaxshi ko‘rasiz... shunchaki!

Hech narsasiz! Sizda bitta fikr bor: ular bor!

Sizga boshqa hech nima kerakmas! Balki ular juda uzoqdadir, balki boshqa shahardadir yoki o‘zga davlatda....

Lekin bilasizki, ular ham sizni yaxshi ko‘rishadi, hech narsasiz, shunchaki.....

Ularga borligingiz, shu hayotda baxtli yashayotganingiz muhim!
Boshqa hech narsa kerakmas!
50 viewsMɪѕѕ_Bᴏɴᴜѕʜ , 14:06
Ochish/sharhlash
2022-05-18 16:18:01 “Yur... Jannatga birga ketamiz”

Qur’onimiz bilan ‘Sunnat’ni olib,
Ozchilik ketyotgan yo’lga tushamiz.
Sen menga, men senga hamroxlik qilib,
Qani yur, Jannatga birga ketamiz !

Qalbimiz berkitib shayton so’ziga,
Dunyoni qoldirib uning o’ziga,
G’arib ko’rinsak ham dunyo ko’ziga,
Qani yur, Jannatga birga ketamiz!

Bilsang bas, tanlagan yo’limiz haqdir.
Bizni kutib turgan mashaqqat naqddir.
Deb: “bu yo’l oxiri abadiy baxtdir!”
Qani yur, Jannatga birga ketamiz!

Yanada munavvar sen bilan yo’lim,
Sening yuragingda topdim men qo’nim..
Bizni ayirolmas hattoki o’lim!
Chunki biz Jannatga birga ketamiz!

Mayli muhim emas, bizdan kechsalar,
Hammasi bir bo’lib yomon desalar,
Bizga ham kerakmas unday kimsalar!
Qani yur, Jannatga birga ketamiz!

Bizga mehribondir Ul al-Vaduud Zot,
Ar Rohman, Ar Rohiym bizning Robbimiz!
Bo’lib biz dunyoga, dunyo bizga yot,
Qani yur Robbimiz tomon ketamiz!
Yuraqol, Jannatga birga yetamiz!


JALOLOVA'S BLOG
50 viewsMɪѕѕ_Bᴏɴᴜѕʜ , 13:18
Ochish/sharhlash
2022-05-18 14:16:52 HAYOTIY XIKMATLAR

Baxtli insonlar boshqalarni ham baxtli ko'rishni istashadi

Hech qachon omadsizlikdan bosh egmang, chunki baxtqushi egik boshlarga qo'nmaydi.

Xaqiqiy baxt - bu eng avvalo salomatlik va ota-onaning mehridir...

Sizni ranjitgan insonlarni kechiring, ammo o'zingizga qayta yaqinlashtirmang

Alloh insonlar yelkasiga, ular ko'tara olmaydigan yukni tashlamaydi

Barchamizga xaqiqat yoqadi, ammo xaqiqatni aytgan odam yoqmaydi

Rostgo'y inson - hammaga dushman

Natija niyatingizga bog'liq ekanligini unutmang

JALOLOVA'S BLOG
41 viewsMɪѕѕ_Bᴏɴᴜѕʜ , 11:16
Ochish/sharhlash
2022-05-18 14:12:30 #haqiqat

Jamiyatdagi ijtimoiy zulmlarning eng kattasi bir oila o‘zining iflos o‘g‘li uchun soliha qiz qidirishidir..

Muhammad Rotib Nabulsiy.
43 viewsMɪѕѕ_Bᴏɴᴜѕʜ , 11:12
Ochish/sharhlash
2022-05-17 14:27:03 - "Sizning yerdagi vaqtingiz cheklangan, shuning uchun uni boshqa birovlarning hayotiga sarflamang. Boshqa odamlarning fikrlash natijalari bilan yashash degan dogma tuzog'iga tushmang. Stiv Jobs
38 viewsMɪѕѕ_Bᴏɴᴜѕʜ , 11:27
Ochish/sharhlash