Get Mystery Box with random crypto!

​​Global Language Agar dunyodagi barcha insonlar yagona tilda | JalolMurad Live

​​Global Language

Agar dunyodagi barcha insonlar yagona tilda suhbatlashsalar dunyo yanada tezroq rivojlanadi.

Xoʻsh aynan qaysi tilda suhbatlashish kerak? Bu savolga hamma oʻz tili bilan javob beradi.

Ammo bu notoʻgʻri dunyo boʻylab eng keng tarqalgan, oʻrganish oson va gapirish uchun qulay hamda chiroyli til global til boʻlishi kerak.

2022-yilda Ingliz tili eng koʻp suhbatlashiladigan va eng koʻp oʻrganilayotgan til boʻldi. 2022-yilda Ingliz tilida 1 milliard 348 millon odam suhbatlashishi aniqlandi.

Xitoy tilida 1 milliard 120 millon odam Hind tilida 600 million odam suhbatlashar ekan.

Muhimi shundaki qoʻpol qilib aytganda Xitoy tilida faqat Xitoyliklar Hind tilida esa faqat Hindistonliklar suhbatlashadi.

Shuni hisobga olsak hozir ingliz tilini tuzukli raqiblari yoʻq.

Dunyo miqyosida har 5 kishidan bittasi kamida ingliz tilini biladi.

Qolaversa milliardlab kitoblar, va boshqa materiallar ingliz tilida yozilgan. Kompyuterlar, va boshqa zamonaviy gadjetlar ham ingliz tilini tushunadi. Hozirda dunyoning har qanday nuqtasidagi inson bilan ingliz tilida suhbatlasha olasiz. Ingliz tilini oʻrganish uchun materiallar ham juda-juda koʻp. Ingliz tili oʻrganish eng oson tillardan biri boʻlib suhbatlashish uchun qulay va judayam chiroyli til.

Oʻylaymanki yaqin kelajakda ingliz tili Global Language deb nomlanadi.

@jalolmuradlive