Get Mystery Box with random crypto!

​​Maktabda boʻlgan qiziq voqea yohud prezident Benjamin Frankl | JalolMurad Live

​​Maktabda boʻlgan qiziq voqea yohud prezident Benjamin Franklin)

9-10-sinflarda Iqtisodiyot fanidan ancha yaxshi edim, shuning uchun ham oʻqituvchimiz xatto oʻzidan koʻra koʻproq menga ishonar edi.

Bir kuni darsda Benjamin Franklin haqida gap ketib qoldi va oʻqituvchimiz Franklin oʻzi kim deb savol berdi, bir zum hamma jim boʻlib qoldi. Va tabiyki oʻqituvchimiz menga qaradi. Gapirgani yoʻq lekin xuddi Jalol oʻzingiz aytib qoʻyaqoling deganday qaradi. Qizigʻi oʻshanda uni kimligini, nimaga pullarda rasmi chiqarilganini men ham bilmas edim)

Oʻzimni yoʻqotmadimda qatʼiy ohangda Amerikani birinchi prezidenti deb yubordim. Shunda oʻqituvchimiz toʻppa toʻgʻri deb meni qoʻllab-quvvatlab darsni davom ettirdi)

@jalolmuradlive