Get Mystery Box with random crypto!

Bugun instagramda 100 mingta boʻldik! Instagramda prosmotr ya | Jalol Murad

Bugun instagramda 100 mingta boʻldik!

Instagramda prosmotr yaxshi boʻlsada obunachilar koʻpayishi ancha sekin boʻlar ekan. Menimcha odamlar obuna bosishdan avval oʻylashadi. Lekin aynan instagramdagi auditoriyam kam boʻlsada ular meni muntazam qoʻllab quvvatlashadi, postim qiziq boʻlmaganda ham, reklama boʻlganda ham likeni ayashmaydi.

Tiktokdagi auditoriya esa buning aksi ularga har doim yorqin kontent kerak, yana hech qanday reklamasiz kontent kerak. Bu imkonsiz, kontent har doim ham yorqin boʻlavermaydi bu normal. Reklama esa tirikchilik, usiz kontentning oʻzi boʻlmaydi.

Bizni qoʻllab quvvatlayotganlar va bizga ishonch bildirganlarga katta rahmat!

@jalolmurad - Yoshlar biz bilan!