Get Mystery Box with random crypto!

Xiaomi flagmanlari nima uchun mashhur boʻlmasligini bilasizmi? | Jalol Murad

Xiaomi flagmanlari nima uchun mashhur boʻlmasligini bilasizmi?

Chunki ular har doim yangi flagmanga butunlay oʻzgacha dizayn qilishadi. Bu mijoz uchun yaxshi albatta, lekin bu smartfon Xiaomining flagmani ekanini mijozning atrofidagilar qanday biladi? Axir hamma modellarni eslab qololisholmaydi, shunday emasmi? Xoʻsh nimaga eslab qolisholmas ekan? Chunki butunlay oʻzgacha dizayn odamlar qoʻlida, kinolarda, ijtimoiy tarmoqlarda, koʻchadagi reklamalar vahokazolarda trend boʻlib aylanishga ulgurmaydi. Ulgirsa ham bu yetarli boʻlmaydi. Agar u dizayn 2 yil aylansachi, 3 yil aylansachi unda biz flagmanlarni eslab qolamiz.

Yuqoridagi rasmlarda Xiaomining: Xiaomi 11, 12, 13 flagmanlari, Samsungning: Galaxy S21, S22, S23 flagmanlari, Applening: iPhone 12, 13, 14 flagmanlari ketma-ket joylashgan.

Menimcha muammo nimada ekanligini yaxshi tushundingiz. Mahsulot yoki xizmatingizni odamlar koʻziga oʻrgating har doim turli tusga kirib bozorga begona brenddek qayta kirmang!

@jalolmurad - Yoshlar biz bilan!