Get Mystery Box with random crypto!

Dasturchi Sifatida Karyerada O’sish Sirlari (1chi qism) 1. Bo | Jakhongir Rakhmonov - Tech

Dasturchi Sifatida Karyerada O’sish Sirlari (1chi qism)

1. Boshqalar uchun noaniqliklarni iloji boricha kamaytiring.

Uber taksi topishdagi noaniqlikni yo’qotdi. Amazon mahsulot sotib olish va yetkazib berishdagi noaniqlikni yo’qotdi. Siz ham menejeringiz va jamoadoshlaringizda bo’lgan noaniqliklarni yo’qotishingiz mumkin. Siz ham vaqtida “status update” lar berish orqali menejeringizdagi va faqat siz yoki kamchilik bilgan narsalarning “dokumentatsiya”sini yozish orqali jamoadagi noaniqliklarni yo’qotishingiz mumkin.

2. Qanday kompaniyada ishlashingiz qanday pozitsiyada ishlashingizdan muhimroq.

Yani yaxshi kompaniyada oddiy dasturchi > yomon kompaniyada CTO.

3. Qilayotgan ishingiz qanchalik kichik yoki “ahamiyatsiz” bo’lmasin, uni ilojingiz boricha yuqori sifat bilan bajaring.

Doimiy ravishda sifatli ish qiladigan shaxs sifatida reputatsiyaga ega bo'ling. Natijada siz ko'proq imkoniyatlarga ega bo’lasiz va karyerangiz katta tezlikda o’sadi.

4. Agar sizga ishonishmasa, qanchalik aqlli va talantli ekanligingizni farqi yo’q.

Source: https://twitter.com/chrishlad/status/1502650707274608644

@jakhonrakhmon