Get Mystery Box with random crypto!

XAQIQIY OMAD KALITI YOHUD SAVDOGARLAR USTOZI' Mana bizning ya | Jakhongir's Blog ️

XAQIQIY OMAD KALITI YOHUD SAVDOGARLAR USTOZI"

Mana bizning yana bir katta xatoyimiz...
O'z ajdodlarimiz haqida o'rganmaymiz va musulmon bo'lmagan mashxurlarga xavas qilamiz...
Ilon Mask,Stiv Jobs,Jef Bezoss...
Aslida esa eng buyuk va haqiqiy tadbirkorlar o'zimizda...

Abdulloh ibn Muborak - o'z umrini faqat yaxshilikka,ojizlarga yordam berishga,kelajak avlodni ilmli qilishga bag'ishlagan tadbirkor.Karvonlari dunyoning 4 chekkasiga borishiga qaramay,yonida ko'p pul olib yurmagan,chunki barchasini xayrli ishlarga,muxtojlarga,masjidlarga,ilm oluvchilarga sarflagan.Xozirgi kunda xisoblasak 5-6 milliardni bittada yordam uchun sarflab yuborgan inson.Shuning uchun xam savdosi kengayib nomi dunyoning barcha mamlakatlarida taralgan.Savdogarlarni birlashtirib xalqqa oson bo'lishi uchun narxlarni yengillashtirgan xaqiqiy musulmon inson.Savdoda nima to'g'riyu nima xarom,baraka qanday qilib topiladi,barini yozib qoldirgan inson.
Umrini shu darajada mazmunli o'tkazgani ,faqat yaxshilik qilgani va Alloh izmidan chiqmagani uchun xatto o'lim daqiqasini xam aniq bilgan...Namoz o'qib bo'lgach,duo qilgan va xaqiqiy dunyoga yo'l olgan...

Shu kitobni o'qigach va bu insonni tanigach yonimga yordam so'rab kelgan insonni quruq qaytarmaslik kabi orzular meni kechasi uxlatmaydigan maqsadimga aylandi.

*KIMNING MAQSADI BO'LMASA, MAQSADI BORLARGA XIZMAT QILADI

@Jakhongirs_Blog