Get Mystery Box with random crypto!

O'zimga maslahat Ey nafsim: Tushunaman. Qizlar bilan munosab | Erkinov's | Blog

O'zimga maslahat

Ey nafsim:

Tushunaman. Qizlar bilan munosabat qilging keladi ( qizig'i qaysi qiz bilan ekanligini farqi ham yo'q). Hamma qilyabdi-ku?

Ey nafsim:

Tushunaman. Uylanish uchun umr yo'ldosh tanlashga qiynalaman, "yomoni" uchrab qolsachi deb o'ylaysan. O'zingcha bir qizni tanlab uni uylanish uchun "tarbiyalamoqchi" bo'lasan.

Ey nafsim:

Xohlasang 10 ta qizni "tarbiyala". Baribir Alloh qadarga yozgani nasib qiladi. Senga ham InshaaAlloh 10 tasidan "tarbiya" olgani nasib qiladi.

Ey nafsim:

Tarbiyani o'zingdan boshla. Shunda Alloh sen uchun birini tarbiya qiladi. Sen "tarbiya" qilaman deganing zarracha o'zgarmasligi mumkun. Lekin Alloh sen uchun tarbiya qilganini butun insoniyat kelib faxshga majburlasa ham hayosini yo'q qila olmaydi.