Get Mystery Box with random crypto!

Siz shu kanaldamisiz? Demak, nimadir umidida va yaxshi hayotga | JAJU TV

Siz shu kanaldamisiz?
Demak, nimadir umidida va yaxshi hayotga erishish maqsadida izlanyapsiz. Ichingizdagi qandaydir turtki sizni oddiy inson bo‘lib o‘tmaslikka va barchaning xotirasida muhrlanadigan buyuk ishlar qilishga undayapti.
Lekin, mantiq va qo‘rquv buning iloji yo‘qligini qayta va qayta uqtirishga harakat qilmoqda. Siz esa ikki o‘t orasida, nima qilishni bilmay, komfort zonaga tushib boryapsiz. Hayot esa o‘tib ketmoqda. Buni juda yaxshi tushunib turibsiz va hatto o‘zizga qanchadan-qancha va'dalar ham berasiz. Ming afsuski ruhlantirilgan o‘rdak misoli yana o‘sha eski hayotni qaytadan boshlaysiz.
Bizga shu ham bo‘laveradi degan bahona bilan o‘zizni ovutishga va qo‘lingizdan hech narsa kelmayotganini oqlashga harakat qilasiz.
Unutmang fikr qayerga yo‘naltirilsa, qon ham o‘sha tomonga oqadi. Qon qayerga oqsa, o‘sha tomonga qarab harakat paydo bo‘ladi.
Siz bu kanaldaligingiz bejizga emas, siz buyuklar tomon intilmoqdasiz.

Burgutlar bilan bo‘ling, o‘shanda haqiqiy kuchni sezasiz.