Get Mystery Box with random crypto!

O'zbekiston BMTda Isroilga qarshi ovoz berdi Birlashgan Milla | Jahon siyosati 🇺🇳

O'zbekiston BMTda Isroilga qarshi ovoz berdi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Dekolonizatsiya bo'yicha qo'mitasi Isroilning 1967-yildan beri Falastin yerlarini noqonuniy bosib olgani bo'yicha Xalqaro suddan maslahat xulosasini talab qiluvchi loyihani qabul qildi. Rezolyutsiyani 98 davlat qo‘llab-quvvatladi, 17 davlat qarshi ovoz berdi, 52 davlat betaraf qoldi.  Falastin tomoni rezolyutsiyani “nihoyat Isroilni urush jinoyatlari uchun javobgarlikka tortishga yordam beradigan” diplomatik yutuq deb atadi.

Isroilning BMTdagi elchisi Gilad Erdan bu tashabbusni antisemitizm ko‘rinishi deb atadi va Isroil xalqaro sudni rad etishini va “ajdodlarimiz vatanini” saqlab qolishini qo‘shimcha qildi.

* BMT Bosh Assambleyasining 51/27 va 58/292 rezolyutsiyalariga muvofiq Isroil “bosqinchi davlat” sifatida belgilangan.

@JAHONSIYOSATI