Get Mystery Box with random crypto!

Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistondagi terrorizmga qarshi kurashda y | Jahon siyosati 🇺🇳

Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistondagi terrorizmga qarshi kurashda yordam evaziga O‘zbekiston va Tojikistonga 50 ga yaqin harbiy samolyot va vertolyotlar berish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, deb yozadi Politico.

Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonda Tolibon hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng Afg‘oniston Harbiy-havo kuchlari uchuvchilari O‘zbekiston va Tojikistonga yaroqli samolyotlar umumiy sonining qariyb 25 foizini olib o'tgan.

“Parda ortida AQSh rasmiylari jimgina bu samolyotlardan vosita sifatida foydalanish va mintaqada o‘z o‘rniga ega bo‘lish uchun harakat qilmoqda”, deb yozadi gazeta Pentagonning yuqori martabali mulozimiga tayanib.

Ismini oshkor etmagan mulozimga ko‘ra, reja “chegarani himoya qilish va terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha xavfsizlik munosabatlarimizni chuqurlashtirish bo‘yicha norasmiy kelishuv evaziga” samolyotlarni O‘zbekiston va Tojikistonga topshirishdan iborat.

@JAHONSIYOSATI