Get Mystery Box with random crypto!

Jahongir Nematov | Blog

Telegram kanalining logotibi jahongirnematov_blog — Jahongir Nematov | Blog J
Telegram kanalining logotibi jahongirnematov_blog — Jahongir Nematov | Blog
Kanal manzili: @jahongirnematov_blog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 91
Kanalning ta’rifi

Hammamiz hato qilamiz, hammamiz adashamiz...

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 6

2022-05-11 18:32:14

111 views15:32
Ochish/sharhlash
2022-05-04 12:12:22 Xorazmiyning "Al-jabr val-Muqobala" kitobining elektron varianti. Bu kitobning 3-4 sahifasini na tarix, na matematika va na informatika kitoblarida ko'rganman. Maktabda yaxshi o'qimaganim uchun ko'rmagan bo'lsam kerak
183 views09:12
Ochish/sharhlash
2022-05-04 05:52:02 Burnout

Burnout (yonib ketish) - emotsional, aqliy yoki jismoniy jihatdan o'ta kuchli charchash. Bunda:
- har qanday ishga bo'lgan motivatsiya tushib ketadi
- doimiy charchoq, qoniqmaslik xissi paydo bo'ladi
- ish sifati pasayadi
- qilayotgan ishingiz befoydadek tuyuladi
- biror ishni boshlash qiyinlashadi
- ovqatlanish buziladi, shirinlik haddan ziyod ko'p iste'mol qilinadi, alkogol ichiladi

Uni, juda katta tok berganda, "paq" etib kuygan lampochkaga o'xshatsa bo'ladi.

Sabablari:
- katta bosim ostida ishlash (san student bo'lishing kerak, bo'lmasa...)
- haddan ziyod ko'p ishlash
- qilayotgan ishni yoqtirmaslik
- muhitning rasvoligi
- perfektsionizm (hamma narsani ideal qilishga intilish)
- qariganda dam olaman, hozir ishlash kerak deyish (ya'ni ish-hayotni balansini ushlay olmaslik)
- ishni birinchi o'ringa qo'yish (oila, do'stlar va boshqalarni umuman chetga surish)
- ishonchni oqlay olmaslikdan, xato qilishdan qo'rqish
- ijtimoiy hayotdan uzoqlashish

Yechimlar:
- Tepadagi narsalarni qilmaslik. Buni davolagandan ko'ra oldini olish kerak. Chunki kimga qanaqa ta'sir ko'rsatishini bilib bo'lmaydi (ba'zi davlatlarda talabalarni o'z joniga suiqasd qilishlari).
- Bu holatga tushgan holatda, ota-ona yoki do'stlardan yordam so'rash kerak. Shu holatga tushishga sabab bo'lgan faktorlarni yo'qotish lozim.

@jahongirnematov_blog
588 views02:52
Ochish/sharhlash
2022-05-02 05:04:49 Assalomu alaykum! Ramazon hayiti barchangizga muborak bo'lsin
135 views02:04
Ochish/sharhlash
2022-04-30 05:34:29
150 views02:34
Ochish/sharhlash
2022-04-28 03:00:24 Oxirgi kunlarda YouTube, Instagram segmentida 2-3 daqiqalik motivatsion videolar ko'payib ketdi. Mening shaxsiy fikrim shuki, bunday videolardan iloji boricha masofa saqlash kerak.

Chunki bu videolar:
Yuqumli. Ya'ni siz bittasini ko'rasiz, ortidan yana bitta, yana bitta va shunday ketaveradi. Bu aksariyat holatlarda vaqtni zoe ketishidir.

Foydasi past. Juda ko'p holatlarda bunday videodan keyin sizda o'zgarish bo'lmaydi. Video ko'rishdan oldingi holat bilan video ko'rishdan keyingi holat deyarli bir xil bo'ladi.
"Samaradorlikni 10x oshirish" videosidan keyin, birinchi qiladigan ishingiz video pastidagi "Xotirani 10x oshirish" videosini ko'rish bo'ladi va shunday ketaveradi. Amalda qo'llash deyarli bo'lmaydi

O'zi biror bir maslahatni amalda qo'llash uchun hayotdan "tepki" yeyish kerak bo'ladi.
- Kasal bo'lib yotib qolganingizdan keyin yugurishni boshlaymiz.
- Sessiyadan yiqilgandan keyin tayyorgarlikni "удар" qilamiz...

P.S
Bu mening o'ta shaxsiy fikrim.

@jahongirnematov_blog
161 views00:00
Ochish/sharhlash
2022-04-23 20:52:39 Miya Negativni Tushunmaydi

Miyamiz qilma degan narsani qilishga undaydi.

- "Muzlatkichni ochma" deyilsa, borib baribir ochadi
- Bolaga "Bu narsaga teginma" deyilsa, ataylab teginadi
- "Qizlar haqida o'ylama" deyilsa, hohlamasa ham o'ylaydi
- "Bu odamni ma'ruzalarini eshitma" deyilsa, shuni topib, eshitadi.
- "Bekor yotgandan ko'ra foydali ish qil" deyilsa, bekorchiligi yanada ziyoda bo'ladi.

Shuning uchun boshqalarga maslahat berayotganda birdaniga yechimni yoki sababini bering.


Masalan: "Telefonni o'chir, foydali ish qil" deb baqirishni o'rniga,

"Bilim olishni o'rniga bekorchilik qilib, vaqtingni, umringni isrof qilma. Chunki, ongsizlik, diniy va zamonaviy bilimlarni olmasdan, qorinni qashlab, кайф qilib yotganimiz sababli butun Turkiston o'tgan asr davomida qaram bo'ldi.

Avtomat, pulemyot bilan kelgan g'animlarga qarshi ketmon bilan yugurishdi. Ittifoq qilishni o'rniga, bir-birini sotishdi. Kaltafaxmligidan rostni yolg'ondan ajrata olmay, qahramonlarini "kofir" deb o'ldirishdi. Millat uchun kurashish o'rniga, qaramlikni ustun ko'rishdi.

Mana shu fojia qaytarilmasligi uchun diniy, zamonaviy bilimlarni o'rganish, va ularga amal qilish, dunyoqarashni kengaytirish kerak" desa bo'ladi.

P.S.
Bu motivatsiya emas. Bu - qayg'uli fakt (

@jahongirnematov_blog
166 viewsedited  17:52
Ochish/sharhlash
2022-04-23 19:31:20
137 views16:31
Ochish/sharhlash
2022-04-22 06:14:02 Avvallari yaxshi kitob topish qiyin ish edi. Shukrlar bo'lsin hozir kitob do'koniga borsangiz, hamma pulni ishlatib, kamiga "Mana bu kitobni ololmadim..." degan armon bilan qaytasiz.

Lekin, endi yangi muammo paydo bo'ldi. Kitoblar ko'p, hammasini o'qishga esa vaqt yetmaydi.

Shu uchun bunday qiling:
1. Kitobning 50 sahifasini o'qing
2. Agar 50 sahifa ichida o'ziga "tortib" olmagan bo'lsa, yangi kitobni boshlang. Buni o'qimang!
3. Agar ishonch komil bo'lmasa, 100 sonidan yoshingizni ayiring (masalan: 100 - 30 = 70) va yana shuncha bet o'qing. (yana 70 bet)
4. Kitob yoqmagan bo'lsa yangisini boshlang.

P.S
Yoqmaydigan kitob vaqtni, asabni va kitobga bo'lgan mehrni yo'qotadi.

@jahongirnematov_blog
130 viewsedited  03:14
Ochish/sharhlash
2022-04-21 18:02:24
O'qish qiyin bo'lsa, ta'limni qadri oshadi.

#TurindaSessiya
113 views15:02
Ochish/sharhlash