Get Mystery Box with random crypto!

Nigoh Esingizda bo'lsa Internet haqida post tashagandim. Katt | Jahongir Nematov | Blog

Nigoh

Esingizda bo'lsa Internet haqida post tashagandim. Katta ehtimol bilan "Jahon tog'o bu postni nimaga yozdi. Mantiq left Jahongir" degan bo'lishingiz mumkin. Bu tabiiy holat! Chunki hamma hayotga turli rakursdan qaraydi.

Sizga misol:

Do'stim talqinida
Aytayotgan odam: Tarix va siyosatni tushunadigan do'stim

- U menga nomi ma'lum va mashxur "maxfiy" jamiyatlarning ishlari haqida
- Ularning dunyoni butunlay qo'lga olish maqsadi haqida
- Barcha narsani, iqtisodiyot, siyosat, ta'lim, media, tibbiyot va boshqalarni qo'lga olganligi haqida
- Insoniyat qanchalik katta fitna yoqasida ekanligi haqida aytadi

U bu narsani o'ylab juda siqiladi va eziladi. Juda zo'r faktlar keltirsa ham men u his qilgan narsani his qila olmayman. Chunki tajriba va siyosiy dunyoqarash yo'q.

O'zim talqinimda
Aytayotgan odam: Tug'ilganiga endi 20 yil bo'lgan, blogida o'zicha aql o'rgatadigan Jahon tog'o. 3-4 ta dasturcha tuzgan

- Shu tashkilotlar Internetga ulangan barcha insonlar orqasidan josuslik qilayotgani
- Sotsial tarmoqlar orqali odamlarning ongini o'z "standart"lariga keltirayotgani
- Implantlar orqali "Insonga yangi imkoniyatlar beramiz" shiori ostida boshqaruv pultini qo'ymoqchiligi
- "Meta olam" orqali odamlarni real hayotdan uzib, ularning hukmronligi ostida bo'lgan olamga kirgizmoqchiligi haqida aytadi

Men agar shular haqida o'ylasam, siqilib, biroz tushkunlikka tushaman. Do'stim his qilganidek!

Shu uchun dunyodagi vaziyatlarga o'z sohangiz nigohi bilan qarang yoki boshqa sohadagi dunyoqarashni kengaytiring. Yoki ko'proq izlaning, tasodifiy 50 minutlik video sizni uyg'otishi mumkin.

P.S.
Birinchidan, u do'stim real hayotda bor, o'zimdan to'qiganim yo'q
Ikkinchidan, post "nigoh" haqida "nikoh" haqida emas
Uchinchidan, shu uzun postni o'qiganing uchun rahmat!

Juma muborak bo'lsin!


@jahongirnematov_blog