Get Mystery Box with random crypto!

Jahongircoder

Telegram kanalining logotibi jahongircoder — Jahongircoder J
Telegram kanalining logotibi jahongircoder — Jahongircoder
Kanal manzili: @jahongircoder
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 47
Kanalning ta’rifi

Perfluence

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-11-25 08:14:01
2022-yilda eng ko'p foydalanilgan eng ishonchsiz parollar bilan tanishing va ro'yxatda sizning ham sirli kelit so'zingiz bo'lsa, parollarni darxol almashtiring. Shuningdek, ro'yxatda ana shu parolni "vzlom" qilish uchun qancha vaqt ketishi ham keltirilgan:

1. password - 1 soniyadan kam
2. 123456 - 1 soniyadan kam
3. 123456789 - 1 soniyadan kamroq
4. guest - 10 soniya
5. qwerty - 1 soniyadan kamroq
6. 12345678 - 1 soniyadan kam
7. 111111 - 1 soniyadan kam
8. 12345 - 1 soniyadan kam
9. col123456 - 11 soniya
10. 123123 - 1 soniyadan kam
11. 1234567 - 1 soniyadan kam
12. 1234 - 1 soniyadan kamroq
13. 1234567890 - 1 soniyadan kam
14. 000000 - 1 soniyadan kam
15 555555 - 1 soniyadan kam

https://t.me/IT_computerr
24 views05:14
Ochish/sharhlash
2022-11-24 20:12:32 https://youtube.com/@jahongircoder0526
30 views17:12
Ochish/sharhlash
2022-11-24 11:10:27
Rossiyalik xakerlar geymerlarga ommaviy hujum qila boshladilar

Group-IB: 34 rusiyzabon xakerlik guruhlari Steam va Roblox foydalanuvchilariga hujum qilishdi

Axborot xavfsizligi boʻyicha mutaxassislar Steam, Roblox, Amazon va PayPal hisoblarini, shuningdek kripto hamyonlari va bank kartalari maʼlumotlaridan parollarni oʻgʻirlaydigan 34 ta rusiyzabon xakerlik guruhlarini aniqladi. Bu haqida Group-IB yangi hisobotida “Gazeta.Ru” xabar berdi.

Qayd etilishicha, akkauntlarni o‘g‘irlash asosan Telegram orqali hujumchilar o‘rtasida tarqatiladigan o‘g‘irlik dasturlari yordamida amalga oshiriladi.

https://t.me/IT_computerr
33 views08:10
Ochish/sharhlash
2022-11-24 07:59:06
Qurilmalarni onlayn tekshirish!
#manba

Yangi yoki mavjud sichqoncha, klaviaturalarni to'liq ishlayotganiga shubha qilyapsizmi? Balki veb kamerangiz yoki tovush sozlamalarda muammolar kuzatilayotgandir?

Bularni barchasini quyidagi manzillar orqali onlayn tekshirishimiz mumkin:

Mikrofon sinovi

Veb-kamera sinovi

Ovoz sinovi

Klaviatura sinovi

Sichqoncha sinovi

Bundan tashqari yana bir qancha narsalarni tekshirish imkoniyati mavjud ekan, qolganini o'zingiz ko'rib chiqarsiz.

https://t.me/IT_computerr
29 viewsedited  04:59
Ochish/sharhlash
2022-11-18 01:36:11
Men HDD ni SSD ga o'zgartirishim kerakmi, ular qanday farq qiladi va ularning afzalliklari nimada?(savol)

Odatiy qattiq disk (HDD)
- magnit yozish printsipiga asoslangan saqlash qurilmasi (kompyuter komponenti). Magnit kallaklar yordamida ma'lumot aylanadigan dumaloq plitalarga yoziladi (o'qiladi). Uning asosiy afzalliklari - har bir hajm uchun arzonroq narx, shuningdek, o'chirilgan holatda ma'lumotni saqlashning ancha uzoq muddati. Ularning kamchiliklari: ba'zilar uchun bezovta qiluvchi shovqin, SSD-larga nisbatan past tezlikli xarakteristikalardir.

SSD lar mexanik harakatlanuvchi qismlarga ega emas va bir nechta chiplardan va taxtada lehimlangan kichik elektron komponentlardan iborat. Ular qattiq disklarga qaraganda shovqinsiz, zarbaga chidamli va tezroq. Ammo 1 terabaytlik SSD 1 terabaytlik qattiq diskdan ancha qimmat turadi.

https://t.me/IT_computerr
51 views22:36
Ochish/sharhlash
2022-11-18 01:35:33 Noutbuk olishda e'tibor berish kerak bo'lgan jihatlar

— Quyidagi tavsiyalar dasturchi, dizayner, loyihalovchi ya'ni og'ir dasturlarni ishlatuvchi yoki o'rganuvchilar uchun noutbuk sotib olishga taalluqli. Faqat MS Office bilan ishlaydiganlarga oddiyroq kompyuterlar ham bo'laveradi .

RAM (Operativ xotira, ОЗУ) - Kamida 8 GB
Ma'lumot: https://is.gd/x0IPJE

Doimiy xotira (hard, винт) - SSD toifalisini oling, kamida 256 GB hajmdagi. Agar ma'lumotlarni saqlash uchun boshqa HDD diskingiz bo'lsa, 120 GB lik SSD hard olib, unga operatsion tizimni yozib, fayllaringizni HDD da saqlasangiz ham bo'ladi.
Ma'lumot: https://www.starusrecovery.ru/articles/the-difference-between-ssd-and-hdd.html

Protsessor (x64) - Intel Core i5 (i7 bo'lsa yana ham yaxshi).
Chastotasi kamida 2 GHZ, kamida 8 yadroli
https://it.wikireading.ru/39448

Videokartasi kamida 2 GB bo'lsin, undan yuqori bo'lsa juda yaxshi.
Ekran Full HD - https://car3g.ru/info/chto-takoe-vram-v-noutbuke/

Tekshiring:
- kamida 1 tadan USB 2.0 va USB 3.0 portlar (ko'p bo'lsa yaxshi)
- VGA port (proyektor ulash uchun)
- HDMI port (televizorga, proyektorga, ... ga ulash uchun kerak)
- Ethernet port (kabel bilan internetga ulanish uchun)

Akkumlyatorining ishlash vaqtiga ham e'tibor berish kerak (bu ishlatilgan noutbuk olayotganlar uchun).

Kompyuteringizning yuqorida sanalgan texnik ko'rsatkichlarini qanday aniqlashni bilmasangiz:
- Win + R (Win bu Пуск, ya'ni u bilan R harfi birgalikda bosiladi) ni bosing hamda chiqqan oyna (Выполнить) ga dxdiag deb yozing va OK ni bosing.
- Win + R, msinfo32 deb yozing va OK.
- Win bilan birga Pause Break klaviturasini bosing.
- Chiqqan oynalarda tizim va kompyuter texnik ko'rsatkichlarini bilib olishingiz mumkin.

P.S.: Odatda dasturlar (Autocad, 3D Max, Revit, Photoshop, ... kabi katta va og'ir dasturlar ayniqsa) ishlash jarayonida doimiy xotira (qattiq disk) dagi o'z fayllariga o'qish yozishlarni amalga oshirish orqali ishlaydi. Demak, ular tezroq ishlashi uchun muhim omillardan biri, bu - qattiq diskning o'qish / yozish tezligidir. SSD disklar HDD disklardan kamida 5 barobar tezroq ishlaydi bu o'qish yozish tezligi bo'yicha. Shuning uchun SSD xotirali qattiq diskli kompyuter tavsiya qilaman. Ammo, SSD li noutbuklar qimmatligi uchun yana bir yo'lni tavsiya qilaman: Siz 200 - 500 $ ga HDD li noutbuk olib, uning qattiq diskini olasizda, o'rniga kamida 120 GB li SSD disk o'rnatasiz, chiqarib olgan HDD ga 10 $ ga g'ilof va kabel olish mumkin Malikada. Shunda noutbuk ishlashi ancha tezlashadi.

Post foydali bo'lgan bo'lsa, noutbuk olmoqchi bo'lgan yaqinlarga yuboramiz

https://t.me/IT_computerr
39 viewsedited  22:35
Ochish/sharhlash
2022-11-17 07:58:11
Bugun 17 noyabr «Xalqaro talabalar kuni» bilan barcha talabalarni qutlaymiz!

https://t.me/IT_computerr
37 views04:58
Ochish/sharhlash
2022-11-16 09:06:31 #kalendar

Rainlendar Pro - bir kunlik yoki haftalik kunlik rejalarni tuzish uchun ajoyib dastur.

— Har bir kun uchun alohida reja tuzish, ularni har xil ranglar bilan bezash uchun qo'llaniladi. Dastur bilan o'z vaqtingizni boshqarishingiz mumkin.

Windows x32|x64

Albatta obuna Bo'ling
https://t.me/IT_computerr
33 viewsedited  06:06
Ochish/sharhlash
2022-11-16 09:03:23
– Grafik dizayner haqida✓

Grafik dizayner — kompyuter grafikalari yordamida muammolarga yechim taqdim etuvchi, o‘z g‘oyalarini odamlarga ko‘rsatuvchi inson.
•  Hayotimizdan grafik dizayner kasbini olib tashlasak nima bo‘ladi, bilasizlarmi? Biz Coca-Cola bilan Pepsi'ni, MacCoffee bilan Jacobs'ni, Snickers bilan Mars'ni bir ko‘rishda ajrata olmas edik.
Shu sababli ushbu sohaga bo‘lgan talab nihoyatda yuqori.
•  Grafik dizayner — Adobe, Affinity, CorelDraw va boshqa shu kabi dasturlar yordamida logotiplar, jurnallar, bannerlar, kitob muqovalari kabi dizaynlarni tayyorlaydi.
•  Hammaga tanish bo‘lgan Apple, Microsoft, Google va Amazon kabi kompaniyalarning logolari ham aynan grafik dizaynerlarning mehnat mahsuli hisoblanadi.

Pul topish mumkin bo'lgan saytlar ro'yhati:
graphicriver.net
shutterstock.com
freepik.com

Albatta obuna Bo'ling
https://t.me/IT_computerr
30 views06:03
Ochish/sharhlash