Get Mystery Box with random crypto!

Abdulhamid Cho'lpon she'ri: 'Go'zal Turkiston' Go’zal Turkis | Jahongir Po’latov | Rasmiy Blog

Abdulhamid Cho'lpon she'ri:

"Go'zal Turkiston"

Go’zal Turkiston senga ne bo’ldi?
Sahar vaqtida gullaring so’ldi,
Chamanlar barbod qushlar ham faryod
Hammasi mahzun bo’lmas mi dilshod?
Bilmam nechun qushlar uchmas bag’chalaringda?


Birlig’imizning tabranmas tag’i
Umidimizning so’nmas chirog’i
Birlash ey xalqim kelgandir chog’i,
Bazansin imdi Turkiston bog’i,
Qo’zg’al xalqim yatar shuncha javru jafolar.


Ol bayrog’ingni qalbing o'yg’ansin,
Qullik asorat barchasi yonsin,
Qur yangi davlat yovlar o’rtansin,
O’sib Turkiston qadding ko’tarsin
Yayrab yashnab o’z vataning gul bag’larida