Get Mystery Box with random crypto!

Qabul kvotalari tasdiqlandimi? JAVOB: Yo‘q, hozircha qabul | JAHON TILLARI ™ | UzSWLU

Qabul kvotalari tasdiqlandimi?

JAVOB: Yo‘q, hozircha qabul kvotalari tasdiqlanmadi. Tuya go‘shtini yegan kvotalar har yili qabul boshlanib ketgach tasdiqlanishi odatiy holga aylangan. Garchi joriy yilda dastlabki bosqichda faqat fanlar majmuasi tanlanayotgan bo‘lsa-da, lekin bu qabul kvotalarini istagancha kech tasdiqlash mumkin degani emas. Abituriyentlar kvotalarga qarab fanlar majmuasini tanlashi ham mumkin edi. Afsuski, haligacha kvotalar ma’lum emas. Qachon tasdiqlanishi haqida ham aniq ma’lumot yo‘q.

Joriy yilda ham beshta yo‘nalish tanlasa bo‘ladimi?

JAVOB: Ha, bo‘ladi. Hozir abiturentlar faqat fanlar majmuasini tanlayapti. Test sinovlari to‘liq yakunlangach esa, 15 kun ichida beshtagacha yo‘nalish tanlashi mumkin bo‘ladi.

Joriy yildan sirtqi ta’lim bo‘lmaydimi?

JAVOB: Bo‘ladi, sirtqilar yopilgani yo‘q. Ko‘pchilik pedagogika sohasidagi 14 ta yo‘nalishning sirtqisiga faqat pedagogik staji borlargina topshirishi mumkinli haqidagi xabarlarni o‘qib, barcha sirtqi yo‘nalishlar yopilibdi, deb xato tushunadi. Aslida sirtqilar yopilgani yo‘q.

Bizni kuzatib boring
 
@Jahon_tillari_UzSWLU