Get Mystery Box with random crypto!

Rasman: Abituriyentlar istalgan yo‘nalishini balki ta’lim shak | JAHON TILLARI ™ | UzSWLU

Rasman: Abituriyentlar istalgan yo‘nalishini balki ta’lim shaklini ham tanlashlari mumkin

Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori Majid Karimov Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida abituriyentlarning OTMlarga hujjat topshirishda ta’lim shakllari cheklanmasligi haqida ma’lum qildi.

"Ilgari har bir abituriyent yo‘nalish tanlayotganda 5 tagacha tanlardi. Hozir o‘sha 5 ta yo‘nalish, agar kunduzgi ta’lim shaklini tanlasa, o‘sha doirada cheklanardi.

Agar kechki [ta’lim yo‘nalishi]ni tanlasa, kunduzgiga o‘tolmasdi. Bu yil shunday qilyapmizki, nafaqat ta’lim yo‘nalishlari, balki ta’lim shaklini ham tanlashlari mumkin.

Hozir bilamizki, ta’lim shakli 4 tagacha ko‘paydi: kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy. Talaba o‘zi xohlagan [ta’lim shakli]da o‘qishi mumkin. Bitta yo‘nalishni tanlab, o‘shaning ta’lim shakliga qarab, barchasida ishtirok etishi mumkin. Mana shu yangilik bu yil joriy qilinyapti
," – dedi Majid Karimov.

Abituriyentlarga jo'natib qo'yamiz

Barchaga yuboring
 
@Jahon_tillari_UzSWLU