Get Mystery Box with random crypto!

Talaba bu - ... — O‘zi makaron, gorox sho‘rva ichsa ham, sevg | JAHON TILLARI ™ | UzSWLU

Talaba bu - ...

— O‘zi makaron, gorox sho‘rva ichsa ham, sevgan qizini qimmat kafelarga olib boradigan jentelmen!

— Hech bir fandan daftar tutmasdan, 150 ming so‘mlik portfel ko‘tarib yuradigan, ichida yo‘l kira uchun 1400 so‘m solib qo‘yadigan 120 ming so‘mlik klach sotib oladigan olifta!

— 6 oy umuman dars qilmasdan, bir kecha-kunduzda 6 oylik ma’ruzani ko‘chirib chiqa oladigan professor!

— Hisobidan bir sent bo‘lmasa ham, eng so‘nggi rusumdagi Iphone ishlatadigan boyvachcha!

— Dars qilib o‘tirib ham quloqchinlarda ashula eshitadigan, ham ma’ruzani ko‘chiradigan, ham internetda o‘tirib yozisha oladigan Yuliy Sezar

— Atigi 500 ming so‘m stipendiya olib, 10 million so‘m kontrakt to‘laydigan sahiy odam
!

P/s: rekasiya qoldiring :)

Talabalarga yuboring
 
@Jahon_tillari_UzSWLU