Get Mystery Box with random crypto!

Jahon geosiyosati

Telegram kanalining logotibi jahon_geosiyosati — Jahon geosiyosati J
Telegram kanalining logotibi jahon_geosiyosati — Jahon geosiyosati
Kanal manzili: @jahon_geosiyosati
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4.46K
Kanalning ta’rifi

Jahon siyosatidagi eng oxirgi yangiliklarni faqat bizda kuzatib boring.Eng qaynoq yangiliklardan bahramand bo'ling!!!
Aloqa va reklama uchun: @jahon_geopolitikasibot

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-09-01 11:30:53
Putinga yaqin milliarder Italiyada birdaniga 11 ta villasidan ayrildi.

Italiya Sardiniyadagi Vyacheslav Kantorning (u Putinning do‘sti deb ataladi) mulkini, jumladan, sobiq bosh vazir Silvio Berluskoni oilasidan sotib olgan villalarini musodara qildi.

Biznesmen aprel oyida Yevropa sanksiyalariga uchragan edi. Shundan so'ng, Kantor o'g'it ishlab chiqaruvchi Akronda nazoratdan xalos bo'lishga qaror qildi. Forbes uning boyligini 4,6 milliard dollarga baholaydi.
@jahon_geosiyosati
486 views08:30
Ochish/sharhlash
2022-09-01 11:02:20
NASA asteroidni jonli ravishda urib,yoʻnalishini oʻzgartirmoqchi.

Olimlar yo‘ldoshni asteroidga urib, uning parvoz yo‘lini o‘zgartirmoqchi. Bu insoniyat tarixidagi birinchi bunday tajriba bo‘ladi.

To'qnashuv 27 sentyabrga belgilangan.
@jahon_geosiyosati
497 views08:02
Ochish/sharhlash
2022-09-01 10:34:06
“Lukoyl” kompaniyasi vitse-prezidenti Ravil Maganov Moskvadagi Markaziy klinik shifoxonaning 6-qavatidan sakrab tushdi.

Maganov olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etdi, uning jasadi tibbiyot xodimlari tomonidan topildi. Hodisa sabablari hozircha aniqlanmagan, politsiya shifoxonada ishlamoqda.

Bu joriy yilda Rossiyaning yirik kompaniyalari “top-menejerlari” o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish bilan bog‘liq kamida beshinchi holatdir.
@jahon_geosiyosati
521 views07:34
Ochish/sharhlash
2022-09-01 10:30:40 “Lukoyl” kompaniyasi vitse-prezidenti Ravil Maganov Moskvadagi Markaziy klinik shifoxonaning 6-qavatidan sakrab tushdi.

Maganov olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etdi, uning jasadi tibbiyot xodimlari tomonidan topildi. Hodisa sabablari hozircha aniqlanmagan, politsiya shifoxonada ishlamoqda.

Bu joriy yilda Rossiyaning yirik kompaniyalari “top-menejerlari” o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish bilan bog‘liq kamida beshinchi holatdir.
@jahon_geosiyosati
512 views07:30
Ochish/sharhlash
2022-09-01 10:02:43
Britaniya OAVlari Ukrainaga jang qilish uchun ketgan inglizlarning Xarkov yaqinida halok bo‘lgani haqida xabar berishdi.

48 yoshli feldsher Kreyg Makintosh 24 avgust, Ukraina Mustaqillik kunida bo‘yniga otib o‘ldirilgan. Ularning mashinasiga snaryad kelib tushdi. Britaniyalik yarador hamkasbini bog'lash paytida vafot etdi.

Hozir uning qarindoshlari jasadni vataniga olib borish uchun internet orqali pul yig‘ishmoqda.

Janglarda ishtirok etishdan oldin Makintosh bog'bon edi. Shu bilan birga, 16 yoshdan 23 yoshgacha u Britaniyaning zahiradagi hududiy armiyasida xizmat qilgan, ammo sog'lig'i sababli harbiy bo'lmagan.
@jahon_geosiyosati
512 views07:02
Ochish/sharhlash
2022-09-01 09:53:35 Бошқача Қозоғистон!

2022 йилга келганида истонлараро Қозоғистоннинг йўли айро кетадиган кўринади. Биз ўтмишда қоламиз, қўшнилар эса эркин келажакка қараб илдамлашда давом этишади.

Кузда Қозоғистонда муддатидан аввал Президентлик сайловлари ўтказилади. Президент ваколат муддати бир марталик бўлади, етти йилга сайланади. Қайта сайланиш тақиқланади.

Manba: @the_bakiroo
@jahon_geosiyosati
508 views06:53
Ochish/sharhlash
2022-09-01 09:31:15
Qo'shma Shtatlar Kiyev bilan operatsiyalarni rejalashtirishda hamkorlik qilib, Ukrainaning "aksil hujumi"ni tayyorlashda ishtirok etmoqda, deb xabar berdi CNN Amerika, G'arb va Ukraina manbalariga tayanib.

Ukraina dastlab kengroq qarshi hujumni rejalashtirgan, biroq so‘nggi haftalarda Xerson viloyatidagi rejalarini qisqartirgan, deydi AQSh va Ukraina rasmiylari.

“Biz Ukraina tomoniga ular duch kelayotgan tahdidlarni yaxshiroq tushunish uchun ma’lumot beramiz. Operatsiyalar bo‘yicha yakuniy qarorni ukrainaliklarning o‘zlari qabul qiladi”, — dedi Harbiy havo kuchlari brigadasi generali Patrik Rayder, Pentagon matbuot kotibi.
@jahon_geosiyosati
520 views06:31
Ochish/sharhlash
2022-09-01 09:17:28 Qozogʻiston prezidenti Qosim Joʻmart-Toqayev joriy yilning kuzida navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari oʻtkazilishini eʼlon qildi.
@jahon_geosiyosati
518 views06:17
Ochish/sharhlash
2022-09-01 09:10:10
Tayvan harbiylari Kinmen orollari uzra Xitoyning uchuvchisiz samolyotini urib tushirdi, deb xabar bermoqda OAV.
@jahon_geosiyosati
518 views06:10
Ochish/sharhlash
2022-08-31 22:01:05
AQShning Ukrainaga yana bir harbiy yordam paketi yaqin kunlarda e’lon qilinadi.

Bu haqda AQSh Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi brifingda ma’lum qildi, deya xabar bermoqda CNN.

“Biz Ukraina Qurolli kuchlariga xavfsizlikni ta’minlash uchun 13 milliard dollardan ortiq yordam berdik va buni davom ettiramiz. Va yaqin kunlarda bo‘lajak xavfsizlik yordami haqida xabarlar bo‘ladi”, dedi u jurnalistlarga.
@jahon_geosiyosati
167 views19:01
Ochish/sharhlash