Get Mystery Box with random crypto!

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev xalqqa murojaat qi | Jahon geosiyosati

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev xalqqa murojaat qilib, qator islohotlarni taklif qildi.

Tokayev yanvardagi namoyishlar ishtirokchilariga amnistiya e’lon qildi;

2022-yil kuzida muddatidan oldin prezidentlik saylovlarini oʻtkazish (2024-yilda oʻtkazilishi kerak edi) va prezidentlik muddatini qayta saylanish imkoniyatisiz 7 yil bilan cheklash taklif etildi;

“Hashamat solig‘i”ni joriy etish masalasini ko‘rib chiqish taklif etildi;

Munitsipal hokimiyat organlarining vakolatlarini kengaytirish, markazsizlashtirishni amalga oshirish;

Bundan tashqari, Tokayev eng kam oylik ish haqini oshirish, sudlarni isloh qilish, maxsus bolalar jamg‘armasini tashkil etish (Milliy jamg‘armaning yillik daromadining 50 foizini bolalar jamg‘arma hisobvarag‘iga o‘tkazish), kommunal tarmoqlarni yangilash, sohadagi huquqbuzarliklar uchun jazoni kuchaytirishni taklif qilmoqda.
@jahon_geosiyosati