Get Mystery Box with random crypto!

​#bilasizmi 1991 yil 31 avgust: O‘zbekiston mustaqil bo‘ldi | Jahon Geografiyasi 🌍

​#bilasizmi

1991 yil 31 avgust: O‘zbekiston mustaqil bo‘ldi

Ukraina va Belarus ham SSSRni tark etgach¸ O‘zkompartiya bosh kotibi Islom Karimov O‘zbekistonni mustaqil deb e‘lon qilishga majbur bo‘ldi.
1991 yil 31 avgustida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 12-chaqiriq navbatdan tashqari 6-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi haqidagi Oliy Kengash bayonoti va "O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligi asoslari to‘g‘risida" Qonun qabul qilindi.
Sessiyada nutq so‘zlagan O‘zbekiston Kommunistik partiyasining birinchi sekretari Islom Karimov 1 sentabrni mustaqillik kuni sifatida bayram qilish kerakligini aytdi.
O‘zbekiston mustaqilligining e‘lon qilinishi 1991 yili 19 avgustda Sovyet Ittifoqida davlat to‘ntarishi qilishga uringan GKChP mag‘lubiyati bilan izohlanadi.
O‘zbekistondagi Erk demokratik partiyasi 1991 yilning 19 avgustida baënot bilan chiqib GKChPni qoralagan edi.
Ozoddlik¸ Bi-Bi-Si va Amerika ovozida e‘lon qilingan bu baënotda Erk partiyasi O‘zbekiston mustaqiligi yo‘lida GKChPga qarshi demokratik kuchlar bilan hamkorlik qilishga tayërligini bildirgan edi.
1991 yil 20 avgustda Islom Karimov Hindistondan uchib kela turib samolët bortidan GKChPni qo‘llab-quvvatlovchi telegramma yuborgan edi.
Bu telegramma 1991 yil “Postda” gazetasida e‘lon qilindi.
Telegramma asl nusxasining GKChPga qarshi ochilgan jinoiy ish hujjatlariga tirkalgani aytiladi.
Bundan oldin Islom Karimov KPSS delegatsiyasi safida Litvaga borganida mustaqillik harakatlarini qoralab gapirgan edi.
1991 yilning 14 senyabrda bo‘lgan O‘zkompartiya s‘ezdi partiya nomini Xalq demokratik partiyasi deb o‘zgartirdi
1991 yil 31 avgust kuni O‘zbekiston mustaqilligini dunë davlatlari ichida birinchi bo‘lib Zviad Gamsaxurdia yetakchiligidagi Gruziya tan oldi
O‘zbekistonni BMTga a‘zo bo‘lishi uchun Turkiya davlati sa‘y- harakat qildi
1991 yil 18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 8-sessiyasida "O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilindi
1991 yil 8 dekabrda Belovyej o‘tlog‘ida yipilgan Rossiya¸Ukraina va Belorussiya yetakchilari SSSRni tarqatish haqidagi bitimga imzo chekishdi.
1991 yilning 8 dekabrida kreml gumbazi ustidagi qizil bayroq tushirildi. Gorbachev lavozimdan iste‘fo berib 74 yil oëqda turgan Sovyet imperiyasining tugaganini e‘lon qildi.
1991 yil 21 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tashkilotiga a‘zo bo‘ldi
1991 yil 29 dekabr – O‘zbekistonda mustaqillikka bag‘ishlangan umuxalq referendumida qatnashganlarning 90 foizi O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini ma‘qulladi.
Bundan oldin 1991 yilning 17 fevralida o‘tgan referendumda qatnashgan o‘zbekistonliklarning 90 foizi mustaqillikka qarshi ovoz bergan edi.
1990 yilning 20 iyunida O‘zbekiston parlamentidagi Erk partiyasi fraksiyasi O‘zbekiston mustaqilligi deklaratsiyasi loyihasini Oliy kengash muhokamasiga kiritdi.
Deklaratsiya qabul qilingan kuni Islom Karimovning sessiyada ishtirok etmaslik uchun zudlik bilan Andijonga ketgani aytiladi.
Bu deklaratsiya O‘zkompartiya rahbarlari tarafidan xavotir bilan qarshilandi. O‘zbekiston Ministrlar sovyeti raisi Shukrullo Mirsaidov deklaratsiyani "bir parcha qog‘oz" deb atagan edi.
"O‘zbekiston Respublikasi", degan atama siësiy tarixda ilk bor 1924 yil 27 oktabrda Kremlda muomalaga kiritilgan edi.
74 yil davom etgan sho'rolar asorati so'nggida qonsiz erishilgan mustaqillik O'zbekistonda "Ollohning in'omi", "eng ulug' va eng aziz ne'mat" sifatida e'zozlanadi.
Mamlakatning sho'rolar davrida Moskva tayinlagan rahbari, 78 yoshli Islom Karimov esa mustaqillikning rasmiy me'moridir.
1991 yil: O'zbekiston qarsaklarsiz mustaqil bo'lgandi

Manba: www.ozodlik.org

@jahon_geografiyasi