Get Mystery Box with random crypto!

Prezident maktablariga talabgorning 4-sinfda matematika va tab | Jo‘rabek Jangirov

Prezident maktablariga talabgorning 4-sinfda matematika va tabiatshunoslik fanlaridan yillik baholari "5" bo‘lishi lozim

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov Prezident maktablariga 2023-2024 o‘quv yiliga qabul yuzasidan ma’lumot berdi:

Prezident maktablariga har yili 2 ta 5-sinfga 24 nafar o‘quvchi qabul qilinadi.

Talabgorning ota-onasi joriy yilning iyun oyida Agentlikning maxsus portali (ariza.piima.uz) orqali elektron shaklda hujjatlarni topshiradilar.

Prezident maktabiga kirish imtihonlari 2 bosqichda o‘tkaziladi.

Kirish imtihoni natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun mobaynida e’lon qilinadi.

Prezident maktabining kirish imtihonlaridan o‘tgan o‘quvchilar to‘liq bepul ta’lim olishadi.

Kirish imtihonlari davlat va qoraqalpoq (Qoraqalpog‘iston Respublikasida) tillarida hamda talabgorning tanloviga muvofiq ingliz tilida o‘tkaziladi.

Batafsil


Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Facebook | Instagram