Get Mystery Box with random crypto!

#Tanlov DIQQAT, TANLOV! Agentlik huzuridagi Pedagogik mah | Jo‘rabek Jangirov

#Tanlov

DIQQAT, TANLOV!

Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi O‘zbekiston ta’lim sohasining ravnaqi uchun o‘z hissasini qo‘shmoqchi bo‘lgan mahoratli, ijodkor pedagog xodimlar orasida umuta’lim fanlari kesimida test tuzuvchilar tanlovini e’lon qiladi.

TESTLAR QUYIDAGI FANLAR ASOSIDA YARATILADI:

Ona tili va adabiyoti (Qoraqalpoq tili);
Rus tili; Davlat tili; Ingliz tili; Tarix va davlat huquqi asoslari; Tarbiya, Matematika, Informatika va axborot texnologiyalari, Fizika, Kimyo, Biologiya, Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari, Tabiiy fan (Science), Musiqa madaniyati, Tasviriy san’at, Chizmachilik, Texnologiya, Jismoniy tarbiya, Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik.

NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN
TALABLAR:
Oliy ma’lumot va ta’lim sohasida yuqori malaka;
Fan kesimida chuqur bilim;
Fan dasturi va standart talablarini bilish;
Testologiya asoslari haqida ma’lumotga ega bo‘lish;
Zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan erkin foydalanish.

TANLOV BOSQICHLARI:
1. Fan kesimida test tuzish malakasi
2. Suhbat

Ro‘yxatdan o‘tish

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Facebook | Instagram