Get Mystery Box with random crypto!

Sizning mahsulotingizni (kurs, kouching, konsultatsiya va h.k) | Izzatillaevich | Ekspertlar uchun

Sizning mahsulotingizni (kurs, kouching, konsultatsiya va h.k) tezda sotib olishlari uchun nima qilish kerak?

Alisher Navoiy davrlarida yashagan ustozlardan biri aytganidek: "Saytga odamlarni jalb qilish qiyin emas. Qiyini mahsulotni sotishga erishishdir".

Sotuv uchun jang ketayotgan bir paytda olqishlar ostida davraga odamlarni jalb qila oladigan sahifa bilan boshlanadigan va sotuvchi sahifa bilan tugaydigan sotuv varonkasi chiqib keladi. Va mana sizda yana 1 mijoz

Keling ishga kirishamiz!

Sizga bir necha yuz million ishlashingizga yordam beradigan 5 maslahatni aytaman!

Potensial mijozlaringizning bir qarashida va birinchi satrlarda ishonchini qozoning
Internetda reklamalar judayam ko'p, siz shunday qilingki odamlar sizga ishonishsin. Misol uchun, saytingizni eng yuqori qismiga mahsulotingiz haqidagi eng kuchli otzivni qo'ying. Yoki kompaniyangiz missiyasini ochiq holda yozing.

Uzun matnlar yozishdan qoching
Ko'roq abzatslar bilan yozing. Misol uchun mahsulotning asosiy jihatlarini ro'yhat shaklida yozing.

Qiziqish sarlavhadan kelib chiqadi
Shunday qilingki sizning sarlavhangiz mahsulot haqida ko'proq bilish xohishini uyg'otsin.

Yaxshi misol:
"Bugunoq psixologlik kasbini egallang va yiliga 100 ming dollr ishlab topib, ko'plab insonlar hayotini yaxshi tarafga o'zgartiring. Bu imkoniyatni faqat tanlanganlargina bila oladi".

Kontent yozayotganingizda gaplashish formatidan foydalaning
Ma'lumot formati - bu yaxshi! Lekin ko'plab saytlar yoki sahifalar hissiyotsiz tuzulgan. Siz shunday qilingki kontentingiz kishi boshqa kishiga yozgan xatini eslatsin. Hissiyotlar yaxshi sotadi.

Auditoriyangiz muammosini hal qiling
Hammasini aniq va ravshan bayon qiling: Sizning mahsulotingiz qanday qilib "og'riqni davolaydi" va muammoni hal qiladi?

Bu faqatgina bir nechta maslahatlar. Har kuni yanayam foydali ma'lumotlarni shu yerda bo'lishib boraman

Onlayn kurslar, konsultatsiyalar, kouchinglar sotadigan tanishlaringizga postni yuborib qo'ying!

@izzatillaevich_experts