Get Mystery Box with random crypto!

Nima uchun ekspertlar, soha egalari o'z kurslarini katta miqdo | Izzatillaevich | Ekspertlar uchun

Nima uchun ekspertlar, soha egalari o'z kurslarini katta miqdorda sota olishmaydi? (bu yechimni bilganingizdan keyin kurslaringizni xohlaganingizcha sota olasiz!)

Bir kuni psixolog ekspert bilan gaplashib o'tirganimda, u kishi...

"Man qanaqadir muammoga uchrab qolsam, yechimini bilish uchun ustozimni oldiga boraman. Xuddi shunday daromadda yangi bosqichda chiqishim uchun...

Ya'ni kurslarimni ko'proq sotish uchun nima qilishni bilmay ustozimdan yordam so'radim.

Ustozim bunga faqat o'zim erishishimni aytdilar. Faqat o'zimgina o'z kurslarimni ko'p sota olishimni mumkinligini aytdilar" deb gap boshlab qoldilar.

Bu gaplardan hayratga tushdim

Qanday qilib, faqat psixologiya bo'yicha bilimga ega va shu bilimlari orqali odamlaga qandaydir natija bera oladigan inson kurslarini ko'p sota oladi?

Ya'ni, tushunishim bo'yicha u kishi o'qigan kursda qanday qilib mijoz topish, mijozga qanday sotish, marketingda qaysi usullardan foydalanish va hokazolar o'rgatilmagan.

Faqatgina o'z bilganingizcha harakat qilib yoki kimdir qilgan ishni xuddi o'shanaqa qilib takrorlab siz hech qachon katta natijalarga erisha olmaysiz!

DEMAK!!!

Kurslaringizni o'zingiz istagan miqdorda ko'p sotmoqchi bo'lsangiz va ko'p daromad qilmoqchi bo'lsangiz...

O'zingizga infoprodyusser hamkor oling!

Shunda prodyusser o'z ishini, ya'ni sizning kurslaringiz, konsultatsiyalaringizga mijoz jalb qilish bilan...

Siz esa o'sha mijozlarga ta'lim berish bilan shug'ullanasiz.

Hamma o'z ishini bajaradi va shunaqa holatda sizda o'sish judayam tez fursatda ro'y beradi.

Onlayn ta'limning oltin qoidasi ham shu!

Agar siz ham ekspert, ham prodyusser rolida ish olib borsangiz, bu loyihangiz uzoqqa bormaydi.

Loyiha uzoqqa borishini va bu loyihadan yaxshi daromad qilishni istasangiz hoziroq prodyusser qidirishni boshlang!

SMM menejeri, admin yoki boshqalar emas.

Aynan infoprodyusser!

Yoki boshlanishiga hamma ishni o'zingiz qilib...

Keyinchalik hamkor prodyusser bilan ishlamoqchi bo'lsangiz...

Shu kanalimda berib boradigan hamma ma'lumotlarim sizni sotuvingizni oshirishingizga va ishlaringizni tartibga keltirishingizga yordam beradi

Kuzatib boring

Bu postni kurslarini ko'p sota olmay qiynalayotgan tanishlaringizga yuboring

@izzatillaevich_experts