Get Mystery Box with random crypto!

Windows tizimida, istalgan dasturni 3 ta tugma yordamida ishga | Lazer chpu fayllar to'plami

Windows tizimida, istalgan dasturni 3 ta tugma yordamida ishga tushirish mumkin

Bu usul orqali kompyuterdagi kerakli dasturlarni sichqonchadan foydalanmagan holda, tez ishga tushirishingiz mumkin, buning uchun bizga 3 ta tugma kerak bo'ladi:
Birinchi tugma - CTRL;
ikkinchi tugma - ALT;
uchinchisini mana bunday qilib o'zingiz o'rnatasiz:

1. Kerakli dasturni ishga tushiradigan fayli(misol uchun paint.exe dasturi) ustiga sichqonchani o'ng tomonini bosamiz(kontekst menyu) va "Свойства".
2. "Ярлык" nomli vkladkaga o'tamiz.
3. "Быстрый вызов:" qatorida "Нет" yozuvini ustida("Нет" so'zini o'chirmagan holda, o'chirolmaysiz ham) ) biror harfni bosamiz, misol uchun A harfi.
4. Shunda qator avtomat, "Ctrl + Alt + A" qiymatga o'zgaradi, bu degani klaviaturadan Ctrl va Alt tugmasini bosib turgan holda, A harfini bossa, tanlagan dastur(bizning misolda paint) ishga tushadi.

Bu imkoniyat Windows 10 tizimida tekshirildi, Windows'ning qolgan versiyalarida ham ishlashi kerak.