Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum, qadrdonim! Men sizni va siz orqali barcha o | Lazer chpu fayllar to'plami

Assalomu alaykum, qadrdonim!
Men sizni va siz orqali barcha oila a'zolaringizni kirib kelayotgan yangi 2023-yil bilan tabriklayman!
Tarixga aylanib borayotgan 2022-yil umrimiz sahifalarida qanchalar chiroyli iz qoldirgan bo'lsa, yangi yil undan fayzli, shukuhli, barakotli bo'lishini tilab qolaman!
Yangi yilda har birimizning xonadonimizga Alloh qalb sokinligini, iymon lazzatini, halol va barakotli rizqni ato aylasin!  Umra va Haj ziyoratlari nasib qilsin!
Yaqinlaringiz mehridan, farzandlaringiz ardog'idan huzurda yashash bardavom bo'laversin.  Mustahkam salomatlik,  ko'ngil xotirjamligi hammamizni tark etmasin! Yangi yilning har bir kunida, har bir onida dilimiz va tilimizda aytilgan va aytilmagan barcha ezgu duolar ijobat bo'lsin.
Yangi yil hammaga xayrli kelsin deb. Hurmat bilan Niyozxonov A.