Get Mystery Box with random crypto!

Win tugmasi bilan bajariladigan barcha kombinatsiyalar • Win | Lazer chpu fayllar to'plami

Win tugmasi bilan bajariladigan barcha kombinatsiyalar

• Win — “Пуск” menyusini ochish/yopish, Windows 8.1’da oldingi oynani ochish;
• Win+A — “Центр уведомлений” (“Bildirishnomalar markazi”) ni ochish (Windows 10);
• Win+B — bildirishnomalar maydonidagi birinchi belgini tanlash (keyin klaviatura strelkalari yordamida osongina ko’chish mumkin);
• Win+Ctrl+B — bildirishnomalar maydonidagi xabar jo’natgan dasturga o’tish;
• Win+Shift+Ctrl+B — videodrayverlarni qayta ishga tushirish (Windows 10’da tekshirildi);
• Win+C — yongi panel “Charm Bar”ni ko’rsatish (Windows 8 va 8.1’da), Windows 10’da Cortana’ni chaqirish (qo’llab-quvvatlaydigan tildan foydalanishda);
• Win+P — tashqi monitor/proektorlar bilan ishlash rejimlarini almashtirish ("только компьютер (faqat kompyuter)", "дублировать (ikkitalash)", "расширить (kengaytirish)", "только проектор (faqat proektor)") (faqat Windows 7 va yangilarida);
• Win+Q — o’rnatilgan dasturlar bo’yicha izlash panelini ochish (Windows 8 va 10’da);
• Win+R — “Выполнить” oynasini ochish;
• Win+S — qidirish panelini ochish (Barcha, Dasturlar, Hujjatlar, Sozlamalar, Fotosuratlar va b.);
• Win+Shift+S — sichqoncha yordamida ekranning to'rtburchaklar maydonini tanlash va ekran tasvirini olish (screenshot) (Windows 10’da);
• Win+T — diqqatni vazifalar paneli (панель задач)ga qaratish (faqat Windows 7 va yangilarda);
• Win+U — Maxsus imkoniyatlar markazi (Центр специальных возможностей) ni ochish;
• Win+V — buffer obmena jurnalini ochish (Windows 10’ni 1809-versiyasidan boshlab).