Get Mystery Box with random crypto!

AYTIB BOʻLMAYDIGAN SOʻZLAR 1. “Uf” demang... Alloh taolo ota | IYMONLI SAHIFAM | Rasmiy kanali 🕊

AYTIB BOʻLMAYDIGAN SOʻZLAR

1. “Uf” demang...
Alloh taolo ota-onaga “Uf” deyishdan qaytargan: «Rabbingiz, Uning Oʻzigagina ibodat qilishingizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. (Ey, inson!) Agar ularning biri yoki har ikkisi huzuringda keksalik yoshiga yetsalar, ularga «uf!..» dema va ularni jerkima! Ularga (doimo) yoqimli soʻz ayt!» (Isro surasi, 23-oyat).

2. “Ertaga bajaraman” demang...

Biror ish boshlash oldidan “Men buni ertaga albatta bajaraman”, deyishdan qaytarilganmiz: «Biror narsa haqida: «Men, albatta, ertaga shuni qiluvchiman», deya koʻrmang!» (Kahf surasi, 23-oyat).

Alloh taolo oyatning davomida: Illo, «Inshaalloh, (Alloh xohlasa)» (deng. Bu soʻzni) unutgan vaqtingizda (yodingizga kelishi bilan)Rabbingizni zikr qiling (yaʼni «inshoalloh», deng) va: «Shoyad, Rabbim meni bundan ham yaqinroq Toʻgʻri yoʻlga hidoyat etsa», deng!» (Kahf surasi, 23-oyat) deb marhamat qilgan.

3. Zamonni yomon deb aytib boʻlmaydi...

Zamonni Alloh yaratgan. Alloh taolo yaratgan narsalarda kamchilik boʻlmaydi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Zamonni soʻkmanglar, chunki Alloh zamon (ga bogʻliq boʻlgan barcha ishlarni qiluvchisi)dir”, dedilar.

4. “Agar” soʻzini qoʻllashda ehtiyot boʻling.

Atrofni kuzatadigan boʻlsak, qandaydir musibat va falokat qarshisida oʻzimizni beyixtiyor “Agar” soʻziga toʻqnash kelamiz. “Agar men bu yerga kelmaganimda falokat yuz bermasdi”, “agar men uni uydan chiqarmaganimda shu musibat sodir boʻlmasdi” deb aytish oʻrniga “Alloh taolo taqdirga yozgani boʻladi”, deb aytish durust boʻladi. “Agar” degan soʻzni qoʻllashda ehtiyotkor boʻlmasak, Allohning taqdiriga rozi boʻlmaslik hissini paydo qilgan boʻlamiz. Va unutmasligimiz kerakki, neki sodir boʻlsa, “agar”sizdir. Chunki Alloh xohlagani boʻladi!

@Iymonli_Sahifam