Get Mystery Box with random crypto!

#BUNI_ENG_KO‘P_TARQATING BAROAT KЕCHASI Sha’bon oyida ro‘ | ༻ 𝐒𝐚𝐛𝐫 𝐨𝐫𝐭𝐢𝐝𝐚𝐠𝐢 𝐛𝐚𝐱𝐭 ༺

#BUNI_ENG_KO‘P_TARQATING

BAROAT KЕCHASI

Sha’bon oyida ro‘za tutish uchun eng afzal damlar yaqinlashmoqda. Baroat kechasini ham g‘aflatda o‘tkazib yubormang! Nimaiki so‘raydigan narsangiz bo‘lsa aynan shu kecha Allohdan so‘rang, chunki bu kecha Alloh ta’olo - "So‘raydigan bormi? - Beraman" deydigan kechadir.

BAROAT KЕCHASI QAYSI TUNGA TO‘G‘RI KЕLADI?

Baroat kecha Sha’bon oyining 14-sidan 15-kechasiga to‘g‘ri keladi.
Milodiy yil hisobi bo‘yicha esa bu yilgi Baroat kechasi 24-fevraldan 25-fevralga o‘tar kechasi.

QACHON RO‘ZA TUTAMIZ?

24-Fevral-2024 = 14-Sha’bon-1445
25-Fevral-2024 = 15-Sha’bon-1445
26-Fevral-2024 = 16-Sha’bon-1445

Og‘iz yopish va ochish vaqti: (Toshkent vaqti bilan)
Shanba: 05:46 --- 18:11
Yakshanba: 05:44 --- 18:12
Dushanba: 05:42 --- 18:13

Saharlik vaqti ehtiyotini inobatga olib belgilangan. Sunnatga muvofiq shom namozi azonini eshitiboq, kechiktirmay og‘iz ochib keyin shom namozini o‘qib, so‘ng iftorlik qilish kerak. Vallohu a’lam.

QANDAY NIYAT QILAMIZ?

Saharlik niyati: Sha’bon oyining nafl ro‘zasini subhdan to kun botguncha tutmoqni niyat qildim. Holis Alloh uchun. Allohu Akbar.

Iftorlik niyati: Ey Allohim, ushbu ro‘zamni faqat Sening uchun tutdim va Senga imon keltirdim va Senga tavakkal qildim va Sening bergan rizqing bilan iftor qildim. Ey, gunohlarni avf qiluvchi Alloh, mening avvalgi va keyingi gunohlarimni mag‘firat aylagil va yorlaqagil.

Buni Baroat kechasigacha shunday holicha ko‘proq tarqataylik, balki shu ma’lumotlarni bilmay qiynalib yurgan musulmonlarga aynan siz orqali yetib borar?! Agar shunday bo‘lsa bu savob yig‘ish uchun zo‘r imkoniyat! BARCHAMIZDAN ALLOH ROZI BO‘LSIN! AMIYN!!!

Jannatda ko‘rishishni hohlagan yaqinlaringizga yuboring, eslating...!

ESLATING, Zero, eslatma mo‘minlarga manfaat berur” [51:55]

@IymonAhllari I Obuna bo'ling