Get Mystery Box with random crypto!

Oila - ilohiy rishtalar jam boʻladigan mustahkam qo'rg'on va u | ༻ 𝐒𝐚𝐛𝐫 𝐨𝐫𝐭𝐢𝐝𝐚𝐠𝐢 𝐛𝐚𝐱𝐭 ༺

Oila - ilohiy rishtalar jam boʻladigan mustahkam qo'rg'on va ulkan masʼuliyat goʻshasi.
Ushbu goʻshaning barqarorligi, haqiqiy baxt yetkazuvchi quvonch bulog'i boʻlishligi va u orqali ummat g'amini yeydigan munosib zurriyotlar yetishtirishlik barchamizning qalbimiz tubidagi maqsadlarimizdan biri boʻlsa ajabmas. Ushbu maqsad yoʻlida oilada erkaklar bilan bir qatorda ayollar ham e'tibor beradigan bir qancha jabhalar mavjud. Shu maqsadda "OILADA AYOL O'RNI" mavzusida Jamila Mahmud bilan boʻlib o'tadigan jonli ovozli suhbatga opa-singillarimizni taklif etamiz.

Jamila Mahmud:

- Faoliyati davomida koʻplab tolibi ilmlarga boshlang'ich arab tili, Qur'on, tajvid va siyratdan dars berib kelayotgan Oʻzbek ayoli;

- Jamiyatimizda insonlarga oʻzining goʻzal oilaviy xulqi va amaliy koʻrsatmalari bilan oʻrnak boʻlayotgan Mahmudiylar oilasining sevimli a'zosi.

Suhbat 11-mart kuni Toshkent vaqti bilan 20:00 da "Mahmudiylar oilasi" telegram kanalida boʻlib oʻtadi inshaalloh!

Havola: https://t.me/mahmudiylar?livestream