Get Mystery Box with random crypto!

Paygʻambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi va sallamnin | 🌿𝙰𝙻 𝙸𝚈𝙼𝙰𝙽𝚈🌿

Paygʻambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi va sallamning 99 ismlari.

Muhammad — maqtaluvchi.
Ahmad — Allohga hamd aytuvchi.
Hamid — Allohga hamdu sano aytuvchi.
Mahmud — maqtalgan.
Ahid — fazilatlar bobida yagona.
Vohid — axloq — odobda yagona.
Hoshir — oʻz ummatlarini qiyomat kuni mahshargohga yigʻuvchi.
Oqib — hamma paygʻambarlar oxiri.
Toho — bu soʻzning maʼnosi Allohgagina maʼlum.
Yosin — bu soʻzning maʼnosi ham Allohgagina maʼlum.
Tohir — toza, pok.
Mutahhar — dili poklangan.
Tayyib — pok, xushtabiat.
Sayyid — Xoja.
Rasul — elchi, paygʻambar.
Nabiy — paygʻambar.
Rasulur-rohma — rahmat paygʻambari.
Qayyim — toʻgʻri yoʻldan boruvchi.
Jomiʼ — barcha yaxshi fazilatlarni oʻzida mujassam etuvchi.
Muqtafiy — ergashuvchi (haq yoʻlga).
Muqaffiy — ergashtiruvchi (oʻziga).
Rasulul-malohim — jangu jahon paygʻambari.
Rasulur — roha — rohat paygʻambari.
Komil — yetuk.
Iklil — toj.
Muddassir — qoʻrquvdan matohga oʻranib olgan.
Muzzammil — muddassir.
Abdulloh — Allohning bandasi.
Habibulloh — Allohning suyuklisi.
Safiyyulloh — Allohning tanlagani.
Najiyyulloh — Allohning sirdosh doʻsti.
Kalimulloh — Alloh bilan soʻzlashuvchi.
Xotamul-anbiyo — nabiylar oxiri, ularning xotimasi.
Xotamur-rosul — Rasullar xotimasi.
Muqyiy — dinni turgizguvchi (rivojlantirguvchi).
Munjiy — xaloskor.
Muzakkir — eslatuvchi (Allohni va oxiratni).
Nosir — yordam etuvchi.
Mansur — yordam berilgan, dushmanlari ustidan zafar topgan.
Nabiyyur — rohma — rahmat paygʻambari.
Nabiyyut-tavba — tavbaga targʻib etuvchi paygʻambar.
Harisun alaykum — ummatlariga mehribon.
Maʼlum — hammaga maʼlum.
Shahir — hammaga mashhur.
Shohid — guvoh.
Shahid — guvoh.
Mashhud — guvohlik berilgan.
Bashir — xushxabar beruvchi.
Mubashshir — xushxabar beruvchi.
Nazir — azoblardan ogohlantirguvchi.
Munzir — oxirat azoblaridan ogohlantirguvchi.
Nur — nur.
Siroj — chiroq, quyosh.
Misboh — chiroq.
Hudo — hidoyat qilguvchi.
Muxtor — tanlab olingan.
Ajir — dinga xizmat qilguvchi.
Jabbor — ayblarni yopguvchi.
Abul — Qosim — Qosimning otasi.
Abul — Tohir — Tohirning otasi.
Abut — Tayyib — Tayyibning otasi.
Abu Ibrohim — Ibrohimning otasi.
Mushaffaʼ — shafoat huquqi berilgan.
Shafiʼ — shafoat etuvchi (qiyomat kuni gunohkor ummatlarning kechirilishini Allohdan soʻrovchi).
Solih — yaxshi ishlarni qiluvchi, Allohning buyruqlarini ado etuvchi.
Muslih — isloh etuvchi, tuzatuvchi (oʻrtani).
Muhaymin — ummatlari ishini kuzatib turuvchi.
Sodiq — rostgoʻy.
Musaddiq — tasdiq etuvchi.
Sidq — rostgoʻy.
Sayyidul-mursalin — paygʻambarlar hojasi.
Imomul-muttaqin — taqvodorlar peshvosi.
Qoidul-gʻurril — muhajjalin — qiyomat kuni sajda qilgan aʼzolaridan nurlar chiqib turuvchi ibodatli ummatlarini jannatga eltuvchi.
Halilur-Rahmon — Rahmonning doʻsti.
Barr — xayrli, solih amallar qiluvchi.
Mabarr — hamma yaxshiliklar manbai.
Vajih — goʻzal yuzli.
Nasih — nasihatgoʻy.
Nosih — nasihatchi.
Vakil — vakil, ishonch egasi, kafil.
Mutavakkil — tavakkal etuvchi.
Kafil — kafil, kafolatiga oluvchi.
Shafiq — shafqatli, mehribon.
Muqimus — sunna — sunnatni tiklovchi.
Muqaddas — ulugʻlanuvchi, gunohlardan pok.
Ruhul-Qudus — muqaddas ruh.
Ruhul-Haq — haqqoniy ruh.
Ruhul-Qist — adolatli ruh.
Kofiy — kifoya qiluvchi (diniy ehtiyojlarga).
Muktafiy — kifoyalanuvchi (Allohning amrlari bilan).
Boligʻ — oliy darajalarga yetgan.
Muballigʻ — Alloh tomonidan kelgan barcha diniy ahkomlarni ummatlariga toʻla yetkazuvchi.
Shofiy — shifokor (qalb kasalliklariga va maʼnaviy illatlarga nisbatan).
Vosil — yetishuvchi (Allohning roziligi va diydoriga).
Mavsul — yetishiluvchi (yaʼni on hazratning shafoatlariga va diydorlariga ummatlari yetishurlar, inshoolloh).
Sobiq — barcha fazilat va sharafda oldinda boruvchi.
Soiq — ummatlarini bu dunyoda iymon va amal sari, oxiratda esa, doʻzaxdan jannat sari haydovchi.
Hodiy — toʻgʻri yoʻlga boshlovchi.
Muhdiy — hadiya, ehson sohibi.