Get Mystery Box with random crypto!

Fitnakor kimsalar fitnasin qo'ya, Qay mahal sajdaga boshin qo' | IYMAN

Fitnakor kimsalar fitnasin qo'ya,
Qay mahal sajdaga boshin qo'yishgan?
Qurbon hayitini bayramim deya,
Yaxudiylar qachon qo'chqor so'yishgan?
Laylatul qadrda kirishib jiddiy,
Tongacha namozda bo'lgancha qoim.
Ramazon keldi deb biror buddaviy,
Ko'rmaganman aslo bo'lganin soim.
Guvoh bo'lmaganman nasroniy zoti,
Me'roj kechasini kutganligiga.
Yo zulhijja oyi kelgan zaxoti,
Sahobalar yo'lin tutganligiga.
Mening ham tanqidga qo'ygim kelar chek,
Qiynagim kelmasdan mushfiq jonlarni,
Umrim davomida ko'p uchratdim lek,
Yangi yilni kutgan musulmonlarni.
Taajjubdadurman hayronman g'oyat,
Menga tushuntiring ey ahli fozil.
Qu'ronda bo'lganmi biror bir oyat,
Qorbobo va qorqiz haqinda nozil?
Men nima ham derdim obidgina qul,
Kecha tug'ilganu, ertan ko'z yumar.
Yangi yil kutmagan hechqachon Rasul,
Archa bezatmagan hech qachon Umar!