Get Mystery Box with random crypto!

10 YOSHDAN 17 YOSHGACHA BOʻLGAN OʻQUVCHILAR DIQQATIGA! Siz | Ixtirolar arduino || robototexnika

10 YOSHDAN 17 YOSHGACHA BOʻLGAN OʻQUVCHILAR DIQQATIGA!

Siz robototexnikaga qiziqasizmi?
Shu yoʻnalishda bir-biridan qiziq gʻoyalaringiz bormi?
Oʻz bilimlaringizni sinash va gʻoyalaringizni amalga oshirish vaqti keldi!

Xalq taʼlimi vazirligi 2021-yil 6-dekabrdan robototexnikaga oid xalqaro tanlovni eʼlon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish va shartlari oddiy.
Eng qizigʻi, tanlov sovrinlari juda ham ajoyib:
oʻrin - Apple iMac kompyuteri
oʻrin - Macbook Air noutbuki
oʻrin - iPad Pro plansheti.

Tanlovda ishtirok etish istagida boʻlgan talabgorlar www.technofest.uz sayti orqali oʻz arizalarini qoldirishlari mumkin.
Roʻyxatdan oʻtish joriy yilning 6-dekabridan 31-dekabriga qadar davom etadi.
Gʻoliblar 2022-yil 20-yanvarda eʼlon qilinadi.

Robototexnika ishqibozi boʻlgan yoshlar, oʻz omadingizni sinab koʻrish va qobiliyatingizni namoyon etish vaqti keldi!

Tanlovda faol qatnashing va gʻolib boʻling. Barchaga omad tilaymiz!

Batafsil maʼlumot www.technofest.uz saytida.

@roboshopuz