Get Mystery Box with random crypto!

Tushimda qiyomat boʻlyapti ekan. Atrof toʻla odam. Oyogʻim tag | Asadbek's Blog

Tushimda qiyomat boʻlyapti ekan. Atrof toʻla odam. Oyogʻim tagi qizil qumdan iborat ekan. Qulogʻim ostida yigʻi-sig'i ovozlar, qattiq baqir-chaqirlar. Hamma daxshat ichida. Shunaqangi qoʻrquvdaman, tushuntirish qiyin. Hayolimda faqat bir narsa - hotimam nima boʻlishi xolos. Bekor oʻtgan vaqtlarimga afsus qilyapman ekan. Tilimda tinmay zikr qilib yursam boʻlardi-ku degan fikr aylanyapti xolos.

*********

Vaqt gʻanimat. Vaqt uni bekor oʻtkazsak ham, solih amallar qilsak ham oʻtyapti. Bekorchi ham, olim ham shu umrni yashayapti. Hozir oʻlsam, robbim mandan rozi boʻladimi yoʻqmi, shu savolni oʻzimga berdim. Tayinli amalim yoʻq ekan qarasam.

Facebookdan olindi