Get Mystery Box with random crypto!

Xato qilishdan qo‘rqish muvaffaqiyatga erishish yo'lidagi to's | Asadbek's Blog

Xato qilishdan qo‘rqish muvaffaqiyatga erishish yo'lidagi to'siqdir

"Hayotingizda qilishingiz mumkin bo'lgan eng katta xato - bu doimo qilayotgan qarorlaringiz noto‘g‘riligidan qo‘rqish va ikkilanishdir."
Elbert-Gren Xabbard

Biz har kungi hayotimizda juda ham ko‘plab xatolarga yo'l qo'yamiz va ularni kelajakdagimizga qanchalik ta'siri borligini ko'p hollarda anglamaymiz.
Ta'sir deganda faqat salbiy ta'sir emas, aksincha ijobiy ta'sir etiishini menimcha ko'pchilik o'ylab ham ko'rmasa kerak.

Xato qilishdan qo'rqish "atelofobiya" deyiladi.Atelofobiya - har qanday fobiya singari atelofobiya bilan kasallanganlar ham qandaydir xato qilish qo'rquvi bilan yashashadi va bu esa ularni biror yangilik yohud mustaqil qaror qabul qilishdan tiyilishga majbur qiladi.Ko'p hollarda ular biror narsa qilib, xatoga yo'l qo'yishdan ko'ra hech narsa qilmaslikni afzal ko'rishadi, bu esa eng yomonidir.

Xulosa o'rnida shuni aytishim mumkinki bir umr biror ishni qilmaganidan afsuslangandan ko'ra xatoga yo'l qo'yish ehtimoli bo'lsada shu ishga qo'l urish yaxshiroqdir. Shuning uchun ko‘nglingizga to'g‘ri va yaqin kelayotgan ishni bir bajarib ko‘ring, balki bu ish hayotingizdagi eng yaxshi va foydali qaror bo'lar.


Asadbek Makhmudjonov | Blog