Get Mystery Box with random crypto!

Rossiyaning hashamatli telefon va aksessuarlar brendi Caviar o | IT va Texnologiya

Rossiyaning hashamatli telefon va aksessuarlar brendi Caviar orqa kamerasiz, o'q o'tmaydigan iPhone 13'ni taqdim qildi!

Telefonni yaratishda vertolyotlar va zirhli transport vositalari uchun zirh ishlab chiqaruvchi NPO CIT kompaniyasi zirhidan foydalanilgan.

Zirhli iPhone'ni sinashda esa Makarov pistoleti, Baikal-442'dan, hamda, avstriyalik pistolet Glock 17'dan foydalanilgan. Otish jarayoni videoga olingan va uni siz bu yerda ko'rishingiz mumkin: link

Bu turdagi smartfon yuqori darajadagi xavfsizlik zonalarida ishlaydiganlar uchun yaratilgan bo'lib, uning kamerasiz qora modeli 379.000 rubl ($5100 atrofida), kamerali Titanium modeli esa 374.000 rubl ($5000 atrofida) va ular dunyo bo'ylab faqat 99 nusxada mavjud.

↳ @ITvaTexnologiya