Get Mystery Box with random crypto!

Oppo ham o'zining aqlli ko'zoynoklarini taqdim qildi! 4 soa | IT va Texnologiya

Oppo ham o'zining aqlli ko'zoynoklarini taqdim qildi!

4 soat avval bo'lib o'tgan "Oppo Inno Day 2021" taqdimotida Oppo kompaniyasi o'zining Air Glass nomli aqlli ko'zoynagi va teginish, ovoz, bosh va qo'l harakati yordamida ishlay oladigan mikro proyektorni taqdim qildi: video link

Og'irligi atigi 30 gramm ekanligi aytilayotgan Air Glass quvvati tinimsiz foydalanishda 3 soatgacha yetadi, hamda Oppo smart soati bilan birga ishlay oladi. Shuningdek, ko'zoynak real-vaqtda ikki odam o'rtasida tarjimonlik qilishi yoki sizga kerakli axborotlarni, bildirishnomalarni ko'z oldingizda ko'rsatishi mumkin va u 2022-yil birinchi choragida sotuvga chiqarilishi aytildi.

— Esingizda bo'lsa Oppo'dan avval Xiaomi va Facebook kompaniyalari ham o'zining aqlli ko'zoynaklarini chiqargan edi.

↳ @ITvaTexnologiya