Get Mystery Box with random crypto!

Kompyuterni dinamik bloklash Agar kompyuteringizga parol o‘rn | IT Uz Life

Kompyuterni dinamik bloklash

Agar kompyuteringizga parol o‘rnatib, uni bloklash (WIN + L) xizmatidan foydalansangiz, u holda dinamik bloklash bunga ajoyib qo‘shimcha bo‘lishi mumkin.

Bu Bluetooth-adapteri bilan jihozlangan kompyuterni, unga biriktirilgan qurilma (masalan, smartfon, smart soat yoki braslet) ma’lum masofaga uzoqlashgan taqdirda bloklash imkonini beradi.

Boshlanishiga qurilmani kompyuter bilan biriktiring. Bu Параметры (WIN + I) oynasidagi Устройства -> Bluetooth и другие устройства bo‘limida amalga oshiriladi.

So‘ngra Параметры oynasidagi Учётные записи -> Варианты входа bo‘limiga o‘ting.

Sahifa bo‘ylab pastga qarab, Динамическая блокировка bo‘limiga qadar tushing va Разрешить Windows автоматически блокировать устройство в ваше отсутствие bandi qarshisiga qushcha belgisini o‘rnating. Tayyor, bu yog‘i amalda kompyuterdan uzoqlashib, bloklanish jarayonini sinash qoladi xolos!

@ITuzlife