Get Mystery Box with random crypto!

Tavhid (arabcha — yakkaxudolik) — umumiy maʼnoda — yakkaxudoli | 🌱

Tavhid (arabcha — yakkaxudolik) — umumiy maʼnoda — yakkaxudolik haqidagi taʼlimot (qarang. Vahdoniyat). Sharʼiy istilohda esa, Tavhid — Islom dinida Allohga shirk(sherik) keltirishning turli yoki barcha koʻrinishlaridan voz kechish va Allohning birligiga eʼtiqod qilish demakdr.

“Tavhid” biron narsani yagonalikni nisbat berish, undan ko‘plikni inkor etishni bildiradi. Shar’iy istilohda tavhid Allohga shirk keltirishdan yiroq yurish, zotida, ismlarida, sifatlarida, ishlarida, hukmlarida U Zotning sherigi yo‘qligiga iqror bo‘lishdir.

Quyidagi oyatlar tavhidga misoldir:

1."Bunga sabab Allohning O‘zigina Haq ekani, Uni qo‘yib (mushriklar) duo-iltijo qilayotgan (butlar) esa botil ekani, Allohning O‘zigina Yuksak, Buyuk Zotligidir"(Haj surasi, 62-oyat).

2. „Bas, (ey Muhammad sollallohu alayhi va sallam,) hech qanday iloh yo‘q, magar Allohgina borligini biling…“(Muhammad surasi, 19-oyat).

3. „Alloh — hech qanday iloh yo‘q, faqat Uning O‘zi bordir. U tirik va abadiy turuvchidir“(Baqara surasi, 255-oyat).

Tavhid bu Allohni ibodatda yagona qilish yaʼni ibodatni faqatgina yagona Allohga qilish, qaysiki maʼnoda, Alloh bu dunyoni oʻsha (ibodat) uchun yaratdi. Alloh taolo Qur’oni Karimda aytadi:

„ Jin va insonni faqat Menga(Alloh) ibodat qilishi uchungina yaratdim“(Az-zariyat surasi 51:56)

(bu erda ibodat soʻzining maʼnosi shuki, barcha ibodat turlarida tavhid(Alloh yagonaligiga ishonish) va faqatgina Allohga duo qilish.

Tavhid