Get Mystery Box with random crypto!

Yaxshi yangilikni, yaxshilar uchun ilindik! Upwork kursi va u | IT Stars - Yorqin Karyera

Yaxshi yangilikni, yaxshilar uchun ilindik!

Upwork kursi va uning formatiga qator o'zgarishlari kiritilmoqda:

1. Endi Upwork kursi mentorship xizmatisiz taqdim qilinadi. Ya'ni online darslikning faqat o'zi bo'ladi. Bunga asosiy sabab, kurs muallifi Zafarbek Ibrohimovning TechCells kompaniyasidagi kengayishlar sabab mentorshipga yetarlicha vaqt ajrata olmasligidir.

2. Endilikda, Upwork kursining narxi faqatgina bir marotabalik 1,500,000 so'm etib belgilandi. Maqsadimiz Upwork kursi yanada ko'proq insonlarga yetib borishi va manfaatli bolishidir. Zora kimlarnidir jahon bozoriga chiqishiga shu kurs turtki bo'lsa.

3. Yaqin kunlarda, Upwork kursiga shu vaqtgacha mentorship tarifi foydalanuvchilaridan kelgan savollar, ularning javoblari va o'quvchilarga berilgan tavsiyalar kursning ichiga qo'shimcha yangi video sifatida qo'shib beriladi. Bu kursning ichidagi bilim va uning qiymati yanada oshiradi.

4. Bundan tashqari, kursning bir qancha videolari "preview" sifatida tekinga ochib beriladi. Va yana doimiy tarzda Zafarbek Ibrohimov YouTube sahifasiga zamonaviy kasb egalari uchun foydali bo'lgan videolarni joylab borish yo'lga qo'yiladi.

"Ushbu qilinayotgan yangiliklar va berilayotgan bilimlarning barchasi loyihaning narx qiymatini tushirish emas, uning sizlarga berayotgan himmatini oshirishdir!"

IT Stars loyihasiga yaqin orada yangi xizmatlar qo'shilishini va katta yangiliklar bo'lishini ma'lum qilamiz.

Biz bilan qoling, hali yangiliklar oldinda!

Administratorga bog'lanish

Tel: +998934213000

Facebook I Instagram I Website