Get Mystery Box with random crypto!

#operatsion_tizim Windows'ning ishchi stolida kompyuter ish | IT specialist

#operatsion_tizim

Windows'ning ishchi stolida kompyuter ishini yakunlash yorlig‘ini yaratamiz

Windows'dagi “Завершение работы” oddiy buyruq yordamida chaqiriladi, bu uchun ishchi stolida maxsus tugma, yoki aniqrog‘i yorliq yaratish va uni kompyuterni ishini yakunlash (ya’ni o‘chirish)da qo‘llash mumkin.

Buning uchun esa quyidagi qadamlar amalga oshiriladi:

. Ishchi stolining istalgan joyiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va ochilgan kontekstli menyuda “Создать” → “Ярлык” bandlari bo‘ylab o‘ting.

. “Укажите расположение объекта” maydonida “shutdown -s -t 0” buyrug‘ini (qo‘shtirnoqlarsiz) kiriting.

. “Далее” tugmasini bosing va yorliqqa nom bering, masalan, “Выключить” yoki “Завершение работы” va “Готово”ni bosish orqali harakatlaringizni tasdiqlang.

Ishchi stolida kompyuterni o‘chirish uchun xizmat qiluvchi yorliq yaratiladi. Qoida bo‘yicha unga nisbatan standart belgi (rasm) qo‘llaniladi, ammo u aynan o‘chirish tugmasidek ko‘rinishi uchun belgi ko‘rinishini o‘zgartirish osondir. Buning uchun belgini tanlab, ALT + ENTER ni bosish orqali unga tegishli “Свойства” muloqot oynasini ekranga chaqiring va ushbu oynada “Сменить значок” bandini tanlab, ochilgan belgilar orasidan o‘zingizga ma’qulini tanlang.

Manba: @bugfeature

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• SHUTDOWN buyrug‘i
• Kompyuterni o‘chirishni avtomatlashtirish
• Kompyuterni o‘chirish taymerini sozlash
• Kompyuterni ma’lum vaqtdan keyin qayta yuklash yoki o‘chirish
• Kompyuterni o‘chirish uchun oddiy taymer dasturi
• Buyruqlarni muayyan vaqtdan keyin bajarish
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

@itspecuz | Mundarija