Get Mystery Box with random crypto!

#word Word'da ochiluvchi ro‘yxat qanday yaratiladi? Faraz | IT specialist

#word

Word'da ochiluvchi ro‘yxat qanday yaratiladi?

Faraz qilaylik, foydalanuvchilar ma’lumotlari kiritiluvchi shablon hujjatni tayyorlash lozim va unda ayrim ma’lumotlar qaytariluvchi va bir-biriga yaqin hisoblanadi. Bunday holatlarda xatoliklarning oldini olish uchun tarkibida muayyan qiymatlarga ega ochiluvchi ro‘yxatni yaratish mumkin.

Boshlanishiga menyu satrida Файл → Параметры → Настроить ленту → Все вкладки bandlari bo‘ylab o‘tib Разработчик varaqa (вкладка)sini faollashtirish lozim.

So‘ngra ochiluvchi ro‘yxat yaratilishi lozim bo‘lgan joyga sichqoncha kursorini o‘rnating va yangi qo‘shilgan Разработчик varaqa (вкладка)sidagi Раскрывающийся список bandini tanlang.

Shundan keyin xuddi shu varaqa (вкладка)ning o‘zida Свойства bo‘limi yuzaga keladi, uning ustiga bosgan holda ochiluvchi ro‘yxatning nomi, ko‘rinishi va rangini tanlash mumkin.

Ostki menyuda Выберите элемент bandini o‘chiring (aks holda u ro‘yxatda ko‘rinib turadi), Добавить tugmasi yordamida sizning holatingizda kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni kiriting va OK tugmasini bosish orqali muloqot oynasini yoping.

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Excel'da ochiluvchi ro‘yxatni yaratish
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

@itspecuz | Mundarija