Get Mystery Box with random crypto!

#operatsion_tizim #security Windows 10’da Microsoft Defender | IT specialist

#operatsion_tizim #security

Windows 10’da Microsoft Defender (Защитник Windows) opsiyasi qanday o‘chiriladi?

“Защитник Windows”, ya’ni ushbu operatsion tizim tarkibida keluvchi ichki antivirus kompyuter resurslarining aksariyat qismini iste’mol qiladi. Shunday ekan, agarda kompyuteringiz parametrlari kuchsizroq bo‘lsa, unda uning ish samaradorligini oshirish maqsadida ushbu opsiyani o‘chirib qo‘yish mumkin.

. Windows'ning qidiruv satriga Безопасность Windows'ni kiritib toping va ishga tushiring. Защита от вирусов и угроз varaqa (вкладка)siga o‘ting.

Параметры защиты от вирусов и других угроз bo‘limida Управление настройками'ning ustiga bosing.

Bu yerda biz real vaqtdagi himoyani, bulutli himoyani va antivirusning boshqa funksiyalarini o‘chirib qo‘yishimiz mumkin.

. WIN + R klavishlari birikmasini bosish orqali Выполнить oynasini ekranga chaqiring va unga gpedit.msc buyrug‘ini kiritib, ENTER klavishini bosish orqali Редактор локальной групповой политики oynasini ishga tushiring.

Chap tomondagi panelda quyidagi yo‘nalish bo‘ylab o‘ting: Конфигурация компьютераАдминистративные шаблоныКомпоненты WindowsАнтивирусная программа “Защитник Windows”.

O‘ng tomondagi katta panelda Выключить антивирусную программу «Защитник Windows» parametrini toping. Uning ustiga ikki marta bosing va o‘tkazgichni Включено holatiga o‘rnating.

Защитник Windows o‘rniga sizda Microsoft Defender deb yozilgan bo‘lishi mumkin.

Shundan so‘ng, Windows’ning himoya tizimi ishlamay qoladi, bu haqda sizga bildirishnoma keladi. Endi kompyuterni shu holicha qoldirishingiz yoki boshqa antivirus dasturini o‘rnatishingiz mumkin.

Manba: @pcTeapot

Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows Defender (Защитник Windows)ni tezkor o‘chirish
• Аntivirus va viruslarga oid postlar
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi postlar
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

@itspecuz | Mundarija