Get Mystery Box with random crypto!

#maktab #5_sentabr #qiziqarli_faktlar Yangi o‘quv yilining b | ITSM

#maktab #5_sentabr #qiziqarli_faktlar

Yangi o‘quv yilining boshlanishi har birimiz uchun muhim vaqtdir. Xabaringiz bor, mamlakatimizda yangi o‘quv yili 5-sentabrdan boshlanishi e’lon qilingan, keling, dunyoning boshqa mamlakatlaridagi maktab o‘quvchilari qaysi kundan boshlab o‘qishni boshlashini bilib olaylik!

Yaponiyada birinchi qo‘ng‘iroq aprel oyida olcha gullari ochilganda chalinadi. Ular bahorni yangi hayotning boshlanishi deb hisoblashadi.

Maktab o‘quvchilari Shvetsiyada avgust oyining uchinchi haftasida va Finlyandiyada avgust oyining o‘rtalarida o‘qishni boshlaydilar.

Kambodjadagi maktab o‘quvchilari 1-oktabr kuni maktabga boradilar.

Avstraliyada mashg‘ulotlar fevral oyida boshlanadi.

Shri-Lankada o‘quvchilar yanvar oyining birinchi dushanbasida maktabga chiqishadi.

Janubiy Koreyada 8 yoshga to‘lgan bolalar mart oyida maktabga chiqishadi.

71 2020909
itsm.uz I Facebook I Telegram I Instagram I Youtube