Get Mystery Box with random crypto!

Saviday kompaniyasi asoschisi bilan uchrashuv Samarqand sha | IT Park Uzbekistan

Saviday kompaniyasi asoschisi bilan uchrashuv

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishi doirasida IT Park Uzbekistan direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulahad Quchqarov Saviday asoschisi Shon MаkЕllin bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Saviday kompaniyasining Irlandiya, Shotlandiya, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklari kabi hamkorlari bilan IT-eksportni rivojlantirish va yangi bozorlarga chiqish tafsilotlari muhokama qilindi. Ikki tomon vakillari hamkorlikni rivojlantirish, iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Umuman olganda, mazkur uchrashuv O‘zbekiston bilan xorijiy investorlar va tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘lishi, shuningdek, IT-eksport rivojiga yangi sur’at berishi mumkin.
______

Встреча с учредителем компании Saviday

В рамках ежегодного заседания Совета управляющих Европейского банка реконструкции и развития, прошедшего в Самарканде, первый заместитель директора IT Park Uzbekistan Абдулахад Кучкаров провел встречу с учредителем компании Saviday Шоном МакЭллином.

На встрече обсуждались детали развития IT-экспорта и выхода с партнёрами компании Saviday на новые рынки, такие как Ирландия, Шотландия, Катар и Объединенные Арабские Эмираты. Представители обеих сторон выразили заинтересованность в развитии сотрудничества и укреплении экономических отношений.

В целом, встреча может стать важным шагом на пути к укреплению сотрудничества между Узбекистаном, зарубежными инвесторами и предпринимателями, а также даст новый импульс развитию IT-экспорта.