Get Mystery Box with random crypto!

#Training IT Park va Green White Solutions kurslarining bir | IT Park Uzbekistan

#Training

IT Park va Green White Solutions kurslarining birinchi saralash bosqichi yakunlandi

Test sinovlari 26-apreldan 2-mayga qadar matematika va ingliz tili bo'yicha bo'lib o'tdi. Birinchi bosqichda 124 nafar o'qituvchi ishtirok etdi, jami 214 ta ariza topshirilgan.

Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan ishtirokchilar ikkinchi bosqichga qabul qilinadi hamda ushbu bosqichda mutaxassislar bilan suhbatlashadilar.

O'qituvchilar uchun dasturlash texnikasi bo'yicha kurslar IT sohasi uchun zarur bo'lgan malakali o'qituvchilarni tayyorlashga qaratilgan.

O'quv kursi o'zbek tilida onlayn va oflayn formatda 7 oy mobaynida davom etadi.

Kursning asosiy bonusi: eng yaxshi bitiruvchilar Green White Solutions kompaniyasiga ishga joylashishlari mumkin!

IT Park va Green White Solutions dasturining barcha ishtirokchilariga kelajakda muvaffaqiyat va farovonlik tilaymiz!

__________

Завершился первый этап отбора на курсы от IT Park и Green White Solutions

Тестирование проходило в период с 26 апреля по 2 мая по двум дисциплинам: математика и английский язык. В тестировании приняли участие 124 учителя, всего заявок было 214.

Участники, успешно прошедшие первый этап, допускаются ко второму, где им предстоит беседовать со специалистами.

Курсы для учителей по методикам программирования направлены на подготовку квалифицированных учителей, необходимых для IT-индустрии.

Учебный курс продлится 7 месяцев в онлайн- и офлайн-формате на узбекском языке.

Главный бонус курса: лучшие выпускники смогут получить работу в Green White Solutions!

Мы желаем всем участникам программы обучения от IT Park и Green White Solutions успеха и процветания в будущем!