Get Mystery Box with random crypto!

#Event Eslatib o'tamiz, 23-aprel kuni Cube of Skill - IT Pa | IT Park Uzbekistan

#Event

Eslatib o'tamiz, 23-aprel kuni Cube of Skill - IT Park bilan birgalikda 8-11- sinf o‘quvchilari uchun 3D kontent yaratish bo‘yicha tadbir tashkil qilmoqda!

Unda siz raqamli sanoatdagi yetakchi 3D-kasblar, shuningdek, isteʼdodingizni roʻyobga chiqarish uchun nimani oʻrganishingiz kerakligini bilib olasiz.

3D-kontentni yaratish – eng moslashuvchan va keng qoʻllaniladigan IT-yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi, ammo unda chalkashib, “choʻkib ketishingiz” mumkin, shuning uchun bizning tadbirimizda har biringiz quyidagi savollarga javob olishingiz mumkin:

– 3D nima va biz unga qanchalik tez duch kelamiz?
– Nima uchun arxitektura vizualizatsiyasi va oʻyin sanoati eng istiqbolli hisoblanadi?
– Ushbu yoʻnalishlarda oʻz isteʼdodingizni qanday qilib tezroq va yaxshiroq amalga oshirish mumkin?

Ma’ruzani Aleksandr Muxitdinov o‘qiydi.
“Cube of Skill” kompaniyasi asoschisi, oʻqituvchi, 3D-kontentni oʻqitish boʻyicha metodik materiallar muallifi.

23-aprel soat 18:00da
IT Park Tashkent (Maxtumquli 1A)
bepul
rus va oʻzbek

Roʻyxatdan oʻtish: https://bit.ly/3GiutV6
Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati: 22-aprel