Get Mystery Box with random crypto!

Atigi 2 hafta va “Future Skills Uzbekistan” ta’lim loyihasiga | IT Park Uzbekistan

Atigi 2 hafta va “Future Skills Uzbekistan” ta’lim loyihasiga ro‘yxatdan o‘tish o‘z nihoyasiga yetadi.

Aynan shu sababli, agar quyidagilarni olishni istasangiz:
IT yo‘nalishida professional ta’lim va tayyorgarlik;
IT mutaxassis kompetensiyasini baholash va malaka to‘g‘risidagi pasport;
IT mutaxassisining ishga joylashishiga va o‘z-o‘zini band qilishiga (frilans) ko‘maklashish, u holda ro‘yxatdan o‘tib, dastur ishtirokchisiga aylanishga shoshiling.

Agar siz:
- 16 yoshdan oshgan, ishsiz O‘zbekiston Respublikasi fuqorosi bo‘lsangiz;
- quyidagilarni o‘z ichiga olgan: mantiq bo‘yicha test, kompyuter savodxonligi bo‘yicha boshlang‘ich bilim darajasini aniqlash uchun test, shuningdek ingliz tili bo‘yicha test kabi dastlabki saralashdan o‘ta olsangiz, vaqtingizni behuda o‘tkazmang!

Havola orqali ro‘yxatdan o‘ting va o‘z ko‘nikmalaringizni biz bilan birga rivojlantiring!

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: futureskills.uz