Get Mystery Box with random crypto!

2020-yilning eng qimmat yakkashoxi! Crunchbase versiyasiga | IT Park Uzbekistan

2020-yilning eng qimmat yakkashoxi!

Crunchbase
versiyasiga ko‘ra, qiymati $3 milliardga baholangan Arrival 2020-yilning eng qimmat startapi deb topildi.

Arrival2015-yili Buyuk Britaniyada Denis Sverdlov asos solgan elekromobil hamda elekеr transport vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniya.
2020-yilda kompaniya Hyundai va Kia tomonidan investitsiya jalb qila olgan noyob elektr avtobuslarni namoyish qildi va ushbu kashfiyoti Arrival’ni Buyuk Britaniyaning eng qimmat startapiga aylantirdi.

Ushbu elektr avtobuslarning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
– Salon juda ko‘p ekranlar bilan jihozlanadi va keyinchalik uni dinamik reklama uchun ishlatish mumkin bo‘ladi;
– Elektr avtobusdagi yo‘lovchi o‘rindiqlarini har bir kishi uchun alohida sozlash mumkin, shuningdek, ularni ijtimoiy masofani saqlash uchun moslashtirish ham mumkin;
– Elektr avtobuslar butunlay ekologik bo‘ladi va atmosferani ifloslamaydi.

Aytingchi, ma'lumot qiziqarli bo'ldimi?